Farzandlaringizga befarq bo‘lmang….

Date:

Ma’lumki, yoz mavsumi boshlanishi bilan kunning issiq harorati kattayu-kichikning cho‘milishga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi. Tez-tez suvda cho‘milib, suzib turgan kishi sog‘lom, baquvvat, g‘ayratli va shijoatli bo‘ladi. Biroq, cho‘milish borasida doimo xushyor bo‘lishimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, yoz mavsumida yosh bolalar o‘rtasida cho‘kish bilan bog‘liq mudhish hodisalar uchrab turadi. Ana shunday hodisalarga asosan, biz ota-onalar, kattalar tomonidan farzandlarimizni nazoratsiz qoldirib, mahalla va maktablarda, shuningdek, boshqa xizmat xodimlarining yoshlar orasida tushuntirish ishlari yetarlicha olib borilmayotgani hamda bolalarning suzishni bilmasliklari sabab bo‘lmoqda.
Aytish joizki, cho‘milish uchun faqatgina qutqaruv xizmati bo‘lgan va cho‘milishga ruxsat etilgan joylarda yoki bo‘lmasa, kattalarning nazorati ostida cho‘milsa, xavotirdan holi bo‘lardi. Endilikda voyaga yetmagan yosh bolalarni suvda cho‘kishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Jarqo‘rg‘on tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi cho‘milish uchun ruxsat etilmagan daryo, soy, kanallarda yosh bolalarni nazoratsiz cho‘milishini taqiqlab, reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun