Bahodirlar sinashta bo‘ldi

Date:

Sport insonni chiniqtiradi. Qolaversa, hayotga qarashlarni ham o‘rganadi. Huda-behudaga kuch ishlatmaslik, har qanday vaziyatda og‘ir-bosiqlik qilishga-da o‘rgatadi. Shunday ekan, spot zarurat, sport sevimli mashg‘ulot bo‘lmog‘i lozim. Bu fikrlar sportga yondashmaganlar uchun erish tuyilishi mumkin, ammo sportga oshno tutinganlar tasdiqlashlari aniq, ishonavering.
Bahodirlar o‘yini bo‘lmish sport turlari ham sportchidagi iqtidorni, kuchni to‘g‘ri yo‘naltirishni, taqsimlashni o‘rgatadi. Axir tosh ko‘tarish ham bir mahorat. Bu ishni birinchi bor takrorlashga harakat qiluvchilar uddalay olmasligi aniq. Sababi tosh ko‘tarishni-da, o‘z texnikasi, usul va sirlari bo‘ladi. Ayni sport turlarini ommalashtirish maqsadida esa doimiy tarzda musobaqalar tashkil etib kelinmoqdaki, bu bilan unga qiziquvchi yoshlar qamrovi oshishiga erishilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi 2022-yil 25-maydagi PQ-259-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabida etnosportning Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish turlari bo‘yicha tuman birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tkazildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Otabek Rustamov 1-o‘rinni egalladi. G‘oliblar tuman sport maktabining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun