“REKTOR KUBOGI” UCHUN

Date:

Termiz davlat universitetida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlarni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek turli kasb kasalliklaridan sport va sog‘lom turmush tarzi orqali muhofaza qilish maqsadida universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida joriy yilning 5-7-iyun kunlari “Sport-salomatlik garovi” shiori ostida sportning mini futbol (erkaklar) hamda voleybol (ayollar) turlari boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqalari start oldi.
Maydonga musiqa sadolari ostida rang-barang sport liboslarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog‘ini mag‘rurona ko‘targan holda yuzlarida tabassum, ko‘tarinki kayfiyatda yoshlarga xos intilish, g‘ayrat-shijoat, jo‘shqinlik bilan professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlarning kirib kelishi haqiqiy sport bayramiga aylanib ketdi.
Musobaqalar oldidan, universitet rektori A.Toshqulov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tilab, musobaqani ochiq deb e’lon qildi. Shundan so‘ng musobaqalarga start berildi.
Mini futbol musobaqasida universitet professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan jami 16 ta jamoa ishtirok etdi. Yarim final va final o‘yinlari qizgʻin bellashuvlar ostida o‘tdi. Voleybol bellashuvlari esa yanada qiziqarli tus oldi. Ayollar oʻrtasidagi voleybol bellashuvlarida 11 ta jamoa kuch sinashdi. Uch kun davomida qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan bahslarning g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab universitet miqyosida o‘tkazilgan QVZ, “Zakovat”, “Brain ring”, milliy kurash tanlov va bellashuvlarida faxrli oʻrinni egallagan talaba-yoshlar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, bellashuvlar natijalariga ko‘ra mini futbol (erkakalar) va voleybol (ayollar) turlari boʻyicha universitetning sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti jamoalari 1-o‘rinni egalladi.
Tadbir so‘ngdida tayyorlangan musiqiy chiqishlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Jamshid NAZAROV,
TerDU o‘zbek filologiyasi fakulteti tyutori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘z ishidan mamnun

Ba’zi fuqarolar osh bo‘lsa-yu, ish bo‘lmasa, qabilida ish tutishni,...

Somonpoya qoldiqlarini yoqishga chek qo‘yildi

Ba’zan ekologiyani asrab-avaylash haqidagi chiqishlarimiz, targ‘ibot-tashviqotlarimiz odamlar qulog‘iga yetib...

Bolajonlar ardoqda

Inson tabiatan mo‘’tadillikni yaxshi ko‘radi. Me’yoridan ortiq issiq ham,...

Luqmani harom qilmang!

Insonning salomatligi ko‘p hollarda u iste’mol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlariga...
KunTun
KunTun