Yangi bog‘cha ish boshladi

Date:

Maktabgacha bo‘lgan yoshlarni bog‘chalarga qamrovini oshirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanilmoqda. Bolajonlarga sifatli ta’lim-tarbiya berish, vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. Malakali, o‘z ishining ustalari bo‘lmish pedagoglar jalb etilmoqda. Jarqo‘rg‘on tumani “Polvonlar yurti” mahallasida 25 o‘rinli 279-sonli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ish boshlagani esa ayni sa’y-harakatlarning davomi bo‘ldi deyish mumkin.
Ushbu oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimiga tuman hokimligi va tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari ishtirok etib, mahalladagi bolalarga maʼnaviyat va axloq asoslarini singdirish hamda shakllantirish, ularni maktabgacha taʼlimga jalb qilish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘zladilar.
Tadbir davomida mehmonlar bog‘chada yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan tanishdilar. Aytish kerakki, xonalar o‘ziga xos tarzda bezatilgan. Shuningdek, bog‘chada bolalarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otuvchi turli o‘yinchoqlar, didaktik adabiyotlar, ertak kitoblari, ko‘rgazmali materiallar mavjud. Ushbu maskanda o‘g‘il-qizlar munosib ta’lim-tarbiya olishlariga shubha yo‘q.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun