Munosib xordiq chiqardi…

Date:

Bolaning begonasi bo‘lmaydi, deyishadi. Ularning har biri mehr, e’tibor va g‘amxo‘rlikka haqli. Ayniqsa, ta’tilni mazmunli o‘tkazishlari uchun munosib hozirlik ko‘rilayotgani murg‘ak ko‘ngillarni shodlantirayotgani bor gap. Sherobod tuman Nogironlar jamiyati bo‘linmasi tomonidan Termiz shahriga 1-2-guruh nogironligi bo‘lgan 21 nafar imkoniyati cheklangan bola va ularning onalarini Al Hakim At-Termiziy ziyoratiga olib borildi.
Ziyoratdan so‘ng esa Hayvonot bog‘idagi sayr unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. Muhimi, bolajonlar hayvonot olamiga sayr etdilar. Keyingi manzilda esa istirohat bog‘ida bo‘lib, munosib xordiq chiqardilar. Asosiysi, kun ajoyib va unutilmas xotiralarga boy o‘tdi. Aslida tashabbusdan ko‘zlangan maqsad ham shu edi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun