Maktablarga 5 turdagi qurilish mahsulotlari berildi

Date:

Har birimiz yashab kelayotgan uyimizni asrab-avaylash kerakligini farzandlarimizning ongiga singdiramiz-u, biroq ularga ilm olishlariga o‘z bag‘rini ochib, ikkinchi uyidek bo‘lgan jonajon maktabini toza-ozoda tutib, ehtiyot qilishi kerakligini uqtiravermaymiz. Shundan keyin o‘quvchi partalarining ustiga sevgi xatlarini yozsa, bu bilan kifoyalanmaganlar esa devorlarga oyoq izlarini-da qoldirishga ulguradi. Ana shunday izlarni tuzatish maqsadida har yili oq’uvchi-yoshlarni yozgi ta’tilga kuzatgan maktab ma’muriyati yangi o‘quv yili boshlanishiga qadar ta’mirlash ishlarini olib borishadi.
Joriy yili maktabni ta’mirlanish uchun biz ota-onalar ham ko‘maklashardik. Biroq bu ko‘mak ayrim oilalarning sharoitidan kelib chiqib, biroz noroziliklarga sabab bo‘lardi. Xususan, Surxondaryo viloyati hokimining maktablarni 2024-2025-o‘quv yiliga joriy ta’mirlash bo‘yicha qurilish mahsulotlari bilan ta’minlash hamda maqsadli sarflanishi yuzasidan seminar tashkil etilib, tumandagi barcha umumta’lim maktablarini ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan 5 turdagi qurilish mahsulotlari berilgani esa ayni muddao bo‘ldi.
Shunday ekan, biz ota-onalar farzandlarimizga o‘zgalar mehnatini qadrlash kerakligini, maktab binosidagi har bir buyum ularning kelajagi uchun xizmat qilayotganligi va o‘z uyi kabidek asrab-avaylash kerakligini uqtiraylik, aks holda bunday axloqsizliklar takrorlanaveradi.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

9 oylik faoliyat sarhisob qilindi

Surxondaryo viloyati sudida 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida odil sudlovni ta’minlash,...

Maktab sig‘imi 660 o‘ringa kengaydi

Ta’lim muassasalarida o‘quv o‘rinlarini ko‘paytirish va zamonaviy sharoitlarni yaratish...

Bola rivojida o‘yinning kuchi

Bolaning har tomonlama rivojlanishida o‘yin faoliyati muhim o‘rin tutadi....

Noyob ko‘rshapalak qayd etildi

Tabiatda kam uchraydigan va hali yetarlicha o‘rganilmagan jonivorlarni aniqlash...
KunTun
KunTun