Yangi inspeksiya tashkil etiladi

Date:

Tamaki va spirtli ichimliklarning inson organizmi uchun zarari haqida juda yaxshi bilamiz. Ammo shu bilishlariga kifoyalanmay, ba’zilar ana shunday vositalardan voz kechmaydi. Holbuki, ularning zararini uqtira olmas ekanmiz, uning sotuvini nazorat qilish, aniqsa, yoshlarning bunday mahsulotlarga ruju qo‘yishlarining oldini olgan yaxshidir. Ayni maqsadda «Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish hamda ularning noqonuniy aylanmasining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF-84 son, 03.06.2024-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi (inspeksiya) tashkil etiladi. Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilish hamda ushbu jarayonlar ustidan nazoratini ta’minlash bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritishda ishtirok etish Inspektsiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Joriy yilining 1-oktyabridan iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda yillik litsenziya to‘lovlarini, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilish, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishda va ularning savdosida sifat talablariga, shuningdek, aktsiz markalarini qo‘llash hamda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etilishiga, qolaversa, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini monitoring va nazorat qilish imkonini beruvchi videokuzatuv vositalarini o‘rnatish bo‘yicha qo‘shimcha litsenziya talablari joriy etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun