Sho‘rchida mehmon bo‘lsangiz…

Date:

Yer bilan tillashib qilingan mehnat yerda qolmas ekan. Dehqonchilik bilan shug‘ullanib, ekin-tikin qilib daromad topayotganlar fikrimiz nechog‘lik to‘g‘ri ekaniga qo‘shilishlari aniq. Asosiysi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishmi, bog‘dorchilikmi, qay soha bo‘lmasin, har bir inson tanlagan yo‘nalishining sir-asrorlarini bilishi, qolaversa, mehnat qilib orttirilgan tajriba hech qachon insonni kam qilmaydi. Sho‘rchilik Erkin Mamatqulov ham tomorqasining 6 sotixiga issiqxona tashkil qilib, mehnatdan qochmaydigan insonlar xilidan.
Erkin aka ayni paytda issiqxonada qalampir mahsulotini parvarishlamoqda. 700 tup qalampir ko‘chatlari baravj o‘sayotgan issiqxona faoliyati bilan tanishgan borki, daromadni xomcho‘tlashni boshlaydi. Albatta, dehqonning o‘zi mehnatidan rozi, topganidan qoniqib turganda tinglovchi-yu qo‘ni-qo‘shnilar ham tadbirli insonning tajribasiga tayanib, o‘zlarini-da shu ishda sinab ko‘rishga qiziqib qolishi aniq. Ana shunday istakni bildirgan ko‘ngillilarni esa Erkin aka aslo ko‘kragidan itarmaydi, balki bilganlarini o‘rgatib, kerakli yo‘l-yo‘riq va tavsiyalarini berishga tutinadi.
Shu maqsadda Erkin Mamatqulov xonadonida media tur tashkil etildi. Shu bahona media turga kelganlar mirishkor dehqonning tomorqadan samarali foydalanish sirlaridan voqif bo‘ldilar. Albatta, Sho‘rchida mehmon bo‘lsangiz, tuman har bir xonadoniga kirmang, xonadon vakillarining tomorqada mehnat qilayotganiga, tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotganiga guvoh bo‘lasiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun