Tamaddunga beshik bo‘lgan Surxondaryoda sivilizatsiya jarang sochmoqda

Date:

Tarixi uzoq ming yilliklarga borib taqaladigan, qadimgi davrlardanoq tarixiy qadamjolari, ulkan memoriy yodgorliklari, boy nomoddiy madaniy merosi bilan dunyo xalqlarining hayrati va havasini uyg‘otib kelayotgan Surxondaryoning dovrug‘i kundan kunga bo‘y ko‘rsatib, jahon maydonida nafaqat savdo-iqtisodiy, investitsion jozibadorligi, balki turizm salohiyatini ham namoyish etib kelayotir. Surxondaryoning har bir hududida o‘ziga xos turizm o‘choqlari mavjudki, bundayin maskanlarga tashrif buyurgan kishi, vohadan ketgisi kelmay qolishi aniq.

Yaratganning inoyati ila in’om etilgan betakror tabiat, so‘lim go‘shalar, qadim-qadriyatlarni o‘zida mushtarak etgan turmush tarzi, madaniy va tarixiy  yodgorliklar, turistlar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va diqqatga sazovor obyektlarga olib boruvchi zamonaviy infratuzilma — bularning bari Surxondaryoning boy tarixini ko‘z-ko‘z etish va shu orqali sayyohlar oqimini hududga jalb etish barobarida ijtimoiy-iqtisodiy saloyihatini yanada rivojlantirish, xalqaro aloqalarni kengaytirish maqsad qilingan.

Birgina “Boysun bahori” festivalining o‘ziyoq viloyatimizning nufuzini yetti iqlimga taratdi, mahalliy va xorijiy sayyohlarning diqqatini yana bir bor Surxonga qaratdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Joriy yilning 1-7-may kunlari Boysun tumani “Bibishirin” mahallasida tamomila yangi shukuh va yangicha uslubda, yuksak badiiy saviyada o‘tkazilgan xalqaro folklor festivali doirasida so‘lim tog‘lar qo‘ynidagi “Bibishirin” mahallasida zamonaviy turistik maskan barpo etildi. Bu yerda besh qavatli, to‘rt yulduzli muhtasham mehmonxona, yirik sahna, amfiteatr, hududlar qo‘rg‘onlari uchun joy, etnosport maydonchalari va boshqa infratuzilma inshootlari barpo etildi. O‘tovlar o‘rnatilib, Termiz shahri, tumanlar va viloyat tashkilot, muassasalarining 21 ta qo‘rg‘onlari tashkil etildi.

Festivalda dunyoning 50 dan ortiq davlatlaridan martabali mehmonlar, soha mutaxassislari, san’atkorlar va muxlislar ishtirok etdi. Milliy qadriyatlar ulug‘langan shodiyonada 16 ta xorijiy davlatlar jumladan, Braziliya, Belorussiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Portugaliya, Rossiya, Ruminiya, Tayland, Tojikiston, Hindiston va Eron davlatlaridan 81 nafar folklor jamoalari va yakkaxon ijrochi san’atkorlar, respublikadan kelgan ijodiy jamoalar 130 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 250 nafar, Surxondaryo viloyatining tuman-shaharlaridan 1000 nafarga yaqin fol’klor ishtirokchilar tomonidan xalq og‘zaki ijodining eng go‘zal navolari, milliy an’analari yuksak mahorat bilan tarannum etildi.

YUNESKO, Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT), TURKSOY kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan festival` qadimiy va hamisha navqiron vohaning boy sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilishga yo‘naltirilgani bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.

7 kun davom etgan Xalqaro fol’klor festivalda 400 dan ortiq xorijiy qantashchilar, 20 nafar yuqori martabali mehmonlar jami 50 ta xorijiy davlatlardan 10 200 ga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi.

Statistik ma’lumotlardan ham ko‘rinib turibdiki, Surxon diyorida turizm imkoniyatlari kengayib bormoqda. Mutasaddilar ham bevosita turizm voha kelajagida o‘ziga xos o‘rin egallashini alohida e’tirof etib, ushbu sohani yanada rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotir.

Sayohatga sayqal berib,

Viloyatimizda 600 ga yaqin nomoddiy madaniy meros obyektlari mavjud bo‘lib, ushbu turistik maskanlarning har biriga sayyohlarni jalb etish, turizm maskanlarini yanada obod qilish, shart-sharoitlar hozirlab, sayohatchilarning eng sevimli maskaniga aylantirish muhim masalalardan sanaladi.

O‘tgan davr mobaynida turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, birgina  2023-yil viloyatga 32 ta investitsion loyihalar jalb etilib, 172,8 milliard so‘m mablag‘ o‘zlashtirildi.

Shuningdek, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida hudud infratuzilmasini yaxshilash va turistlarga qulayliklar yaratish maqsadida 31 ta Wi-Fi nuqtalari tashkil etildi va “O‘zstandart” asosida 15 ta tumanda joylashgan yodgorliklarga jami 28 ta yo‘l ko‘rsatgich belgilari o‘rnatildi.

Hududdagi joylashtirish vositalari soni 215 taga (shundan 58 ta mehmonxona, 19 ta xostel, 138 ta oilaviy mehmon uylari, ulardagi jami xonalar soni 1930 ta hamda o‘rinlar soni 4228 tani tashkil qiladi), 91 ta sanitoriy va klinika bo‘lib, ularda 3 300 dan ziyod koykalar mavjud. Shuningdek, turoperatorlik subyektlari 58 tani, turistik sinfga mansub avtobus 124 tani, avtobuslar 48 tani, mikro avtobuslar 44 tani, elektromobil 2 tani, gidrosikl 3 tani, matorli qayiq 4 tani va boshqa transport vositalarini tashkil etmoqda.

Oxirgi 3 yil ichida turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniyalar soni 2-2,5 barobarga oshgan. Jumladan, o‘tgan yilda jami turistik korxonalar 260 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib ularning soni 275 taga yetkazildi.

Viloyatda jami 58 ta turoperator va turagentlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, shundan, 2024 yil mobaynida 6 ta sayyohlik korxonasi (2 ta turoperator, 4 ta turagent) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Yil boshidan buyon 5 ta mehmonxona, 4 ta mehmon uyi, 2 ta xostel faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar negizida, nafaqat sayohatchilarni hududga jalb etish, balki mahalliy aholi vakillarining ham turizm yo‘nalishidagi qiziqish va imkoniyatlarini kengaytirish, shu yo‘nalishda tadbirkorligini yo‘lga qo‘yib, yangidan yangi ish o‘rinlari yaratish kabi ustuvor vazifalar ham belgilangan.

Bitta sayyoh kelib viloyat bo‘ylab sayohat qilsa, eng avvalo, turoperatorlarga, mehmonxonalar, shuningdek, ular uchun milliy va zamonaviy taomlarni hozirlaydigan oshpazlar uchun ham koni foyda emasmi, aslida.

3 hududda turistik zona

Viloyatda turizm sohasiga investorlarni jalb qilish maqsadida kichik turistik zonalar, turizm klasterlarini tashkil bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Hususan, viloyatimizning eng diqqatga sazovor hududlari tanlab olinib, 3 ta hududda kichik turistik zonalar tashkil etish ko‘zda tutilgan. Jumladan, Boysun tumanida Omonxona qishlog‘i, Zovboshi tog‘li hududi, Darband qishlog‘i hududlarini o‘z ichiga olgan Boysun kichik turizm zonasini tashkil etish borasida ham bir qator ishlar olib borilayotir.

Ayni vaqtda “Boysun-Termiz qurilish” MCHJ tomonidan Boysun tumanining “Inkabod” mahallasi, “Zovboshi” massivida 7,5 ga yer maydonda turizm klasteri tashkil etilgan. Kiritilgan investitsiya miqdori 15 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

Sariosiyo va Uzun tumanlarida Xonjiza tog‘ tizmalari yon bag‘irlarida hamda Sariosiyo tumani Sangardak qishlog‘i hududlarida Sariosiyo kichik turizm zonasi tashkil etilib, hozirda dor yo‘li loyihasiga start berildi. Ushbu hududlarda, “Sangardak” “Turizm qishlog‘i” tashkil etilib, “To‘palang” Milliy tabiat bog‘i hamda to‘palang suv ombori hududida ekoturizm maskani tashkil etish ishlari avj pallada.

Shuningdek, Sherobod tumani Shalqon qishlog‘i, Xo‘jaikon tuz koni hududlarida hamda hududdagi mevali bog‘larni o‘z ichiga olgan Sherobod kichik turizm zonasini tashkil etish hamda ularda zamonaviy mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turizm ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa obyektlar qurish, shuningdek, zamonaviy muhandislik infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish ham sayohatchilarni vohamizga jalb etish va ular uchun  unosib shart-sharoit yaratish borasidagi muhkm yo‘nalishlarimizdandir.

Ushbu hududda “Zarautsoy maskani” MCHJ tomonidan ekoturizm zonasi va mehmon uylari, shuningdek, Xo‘jaikon tuz koni hududlarida davlat sherikchiligi asosida turistik maskanlar tashkil etilmoqda.

“Turizm ko‘chalari” xizmatga shay

Quvonarlisi, viloyatimizda jami 4 ta “turizm ko‘chasi” tashkil etilgan bo‘lib, Boysun tumanidagi “Olmozor” ko‘chasi turizm ko‘chasiga aylantirilishi natijasida 45 ta xizmat ko‘rsatish obyekti tashkil etildi va 64 ta doimiy yangi ish o‘rni yaratildi. Denov tumanidagi “Mustaqillik” ko‘chasi turizm ko‘chasiga aylantirilishi natijasida 70 ta xizmat ko‘rsatish obyekti tashkil etildi va 91 ta doimiy yangi ish o‘rni yaratildi. Sherabod tumanidagi “Ahmad Donish” ko‘chasi turizm ko‘chasiga aylantirilishi natijasida 41 ta xizmat ko‘rsatish obyekti tashkil etildi va 65 ta doimiy yangi ish o‘rni yaratildi va Termiz shahridagi “Navbahor” va “Dilnavo” ko‘chasi turizm ko‘chasiga aylantirilishi natijasida 53 ta xizmat ko‘rsatish obyekti tashkil etildi va 78 ta doimiy yangi ish o‘rni yaratildi.

Bundan tashqari 211 ta turizm infratuzilmasi yaratildi (152 ta Wi-Fi nuqtasi, 57 ta SGSH, va 2 ta Turizm axborot markazi) 2024-yil uchun viloyat doirasida jami 25 ta ommaviy turizm tadbirlari rejalashtirilgan bo‘lib, 2024 yil iyun holatiga ko‘ra viloyatda 11 ta ommaviy turizm tadbirlari tashkil etildi, shundan, 6 tasi xalqaro tadbirlar hisoblanadi.

Bundan tashqari, viloyatning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish va xorijiy turistlar sonini oshirish maqsadida ko‘plab mahalliy va xorijiy ko‘rgazmalarda viloyatning turizm salohiyati namoyish etildi.

Xorijliklarning Surxonga qiziqishi boshqacha

Turizm yo‘nalishidagi xalqaro aloqalarimiz ham yildan yilga mustahkamlanib borayotir. Shu yilning yanvar-fevral oylarida Yaponiya davlati poytaxti Tokiyo shahrida “Surxondaryo viloyatining turizm salohiyati” nomli targ‘ibot dasturi amalga oshirildi va Yaponiyaning bir nechta sayyohlik agentlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi. Aprel-may oylarida esa Surxondaryo – Pekin hamda Surxondaryo — Vengriya o‘rtasida investitsiyalar, sanoat, savdo va turizm hamkorligi istiqbollari mavzusidagi forumlarida ham bir qator manfaatlik kelishuvlarga erishildi.

Bundan tashqari, Joriy yilning 28-29-fevral kunlari viloyatimizda Surxondaryo-Yaponiya investitsion forumi tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan investitsiya forumida viloyat hududiga xorijiy sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha muhim kelishuv va muhokamalar o‘tkazildi. Jumladan, Yaponiyaning Tokio, Nagoya va Hokkaido viloyatlari vakillari bilan Surxondaryo viloyatiga sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha muhakamalar o‘tkazildi. Buning natijasida joriy yilning yakuniga qadar viloyat hududiga qo‘shimcha ravishda 200 ming nafar xorijiy sayyohlar jalb qilinishi rejalashtirilib, jami tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni 750 ming nafarga, shuningdek, turizm eksporti xajmi 150,0 mln. AQSH dolloriga yetkazish rejalashtirilgan.

Turizmga manfaatli investitsiya tikib

Bundan tashqari, mazkur investitsiya forumida vohalik 50 dan ortiq tadbirkorlar qatnashib, jami 650,0 mln. AQSH dollori miqdoridagi 18 ta yiriq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuv shartnomalari imzolandi. Xususan, Surxondaryo-Yaponiya texnologikal universitetini tashkil etish ham joy olgan bo‘lib, shu yil avgust oyidan mazkur oliygohga abiturientlarni qabul qilish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, 14 ta loyihaga 316,0 mln. AQSH dollorlik mahalliy investorlar jalb qilinib, bu borada kelishuv shartnomalari imzolandi.

Shuningdek, joriy yil 1-iyun holatiga ko‘ra, viloyat hokimligi, turoperator va mehmonxonalar tomonidan 8 ta xorijiy davlat (Xitoy, Turkiya, Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreya, Vengriya, Eron, va Tojikiston) vakillari va turizm sohasidagi tadbirkorlari bilan yaqin aloqalar o‘rnatilib, turizm sohasida investitsion loyihalarni amalga oshirish, qolaversa, kirish va chiqish turizmini ko‘paytirish bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.

Mazkur turizm investitsiya yo‘nalishidagi rasmiy uchrashuvlarda turli sohalar bo‘yicha shartnomalar imzolangan bo‘lib, erishilgan kelishuv shartnoma talablarini o‘z muddatlarida amalga oshirish maqsadida nazorat rejasi ishlab chiqilib, Turizm qo‘mitasiga taqdim etildi.

Shu yilning fevral oyida viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligidagi viloyat delegatsiyasi Xitoy davlatida bo‘ldi. Tashrif davomida Xitoy davlati bilan iqtisodiy kompaniya vakillari balki sayyohlik agentliklari raisilari va  sayyohlik kompaniyalari prezidentlari va bosh ijrochi direktorlar bilan ham ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar davomida Xitoy davlati yetakchi sayyohlik kompaniyalar bilan hamkorlikda O‘zbekistonning turizm salohiyati haqida broshyuralarni chop qilish, keng tarqatish, Termiz va Xitoy shaharlari o‘rtasida charter reyslarni tashkil etish, xorijiy sayyohlarni qabul qilish imkoniyatlari va shart-sharoitlari bilan tanishtirish maqsadida 2024-yilda Xitoy sayyohlik kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyaning Surxondaryoga tashrifini tashkil qilishga kelishib olindi.

Shuningdek, Yaponiyaning “H.I.S. Co. Ltd.” sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan videorolik suratga olish, “Ziyorat”, “Gastronomik” va “Eko” turizm yo‘nalishlari bo‘yicha yangi “turizm kontentlari”ni ishlab chiqish, mamlakatimiz uchun ishlab chiqilayotgan turizm marshrutlariga Termiz shahrini kiritgan holda broshyuralar tayyorlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

E’tiborlisi Yaponiyaning Alpha Gakuin Instituti bilan hamkorlikda maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari mudirlari va direktorlarini, jami 30 kishidan iborat, yapon tili va yaponiyadagi bog‘cha va maktablardagi o‘qitish sistemasini o‘rgatish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu loyiha 2024-yil 1-iyundan boshlab yo‘lga qo‘yiladi va bir yil 2025-yil may oyiga qadar davom etadi. Kurs yakunlangandan so‘ng maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarining mudirlari va direktorlari Yaponiya davlatiga malaka oshirishga yuboriladi. Loyihadan asosiy ko‘zlangan maqsad, Yaponiya ta’lim sistemasini o‘zimizda joriy etishdir.

O‘tkazilgan ommaviy va xalqaro tadbirlar natijasida viloyatga jami 20 ming nafar mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrif buyurib, shundan, 4 ming nafari xorijiy sayyohlarni tashkil etdi.

Ellin madaniyati ochiq muzeyda ko‘zni quvnatadi

Vohada turizmni rivojlantirish maqsadida, oldimizda bir qator reja va maqsadlarni qo‘yganmizki, yil davomida viloyatimizga kelayotgan xorijiy turistlarning soni 500 mingta, mahalliy turistlar soni 1,800 mingtaga hamda turizm eksporti hajmini 100 mln dollarga yetkazilishi belgilangan. Shuningdek, turizm va yondosh xizmat ko‘rsatish sohalarida 23 ta yangi investitsiya loyihalari doirasida 510 mln. dollar investitsiya mablag‘lari hamda 44 ta yangi mehmonxona loyihalari doirasida 43 mln. dollar investitsiya mablag‘lari jalb qilinadi hamda 1 500 ta ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan. Yil yakuniga qadar 35 ta obyektga 195 ta yo‘l ko‘rsatgich va muhofaza belgilari o‘rnatilishi, hududdagi joylashtirish vositalari sonini 1 baravarga oshirish choralarini ko‘rish bunda, mehmonxona 60 taga, oilaviy mehmon uylarini 150 taga, xostellar sonini 20 taga yetkazish orqali ulardagi o‘rinlar soni 5 000 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Qolaversa, Boysun tumanida ellin madaniyati yodgorligiga oid Uzundara qal’asida ochiq osmon ostidagi muzey tashkil qilinadi.

“Hilton” qad ko‘tarmoqda

Turizm yo‘nalishid amalga oshirilayotgan ishlarga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rilayotganidan dalolat. Surxon diyoriga tashrif buyurgan sayohatchi ham dam olishi, ham tillolarga tenf tariximiz bilan tanishib, ham salomatligini ochiq osmon ostidagi muzey, ekoturizm masakanlari qo‘ynida bunyod etilayotgan sanatoriylarda, sog‘lomlashtirish maskanlarida salomatligini tiklab, katta taassurot bilan ortiga qyatib ketishi va kelasi safar o‘zi bilan bir olam sayohatchilarni hududga yetaklashi kerak.

Ayni shu maqsadda Omonxona hududida maxsus o‘rganish ishlarini o‘tkazib, hududda 5 ta sog‘lomlashtirishga ixtisoslashgan mehmonxona qurish ishlari amalga oshiriladi. Viloyatining salohiyatli hududlarida 10 ta “Turizm qishlog‘i” tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Uzun tumanidagi “O‘zbekiston” markaziy ko‘chasi va Termiz shahridagi “At-Termiziy” ko‘chalarini tunu-kun ishlovchi turizm ko‘chalariga aylantirish rejalashtirilgan. Natijada 103 ta xizmat ko‘rsatish obyekti tashkil etilishi va 180 ta doimiy yangi ish o‘rni yaratilini ko‘zda tutilmoqda.

Shu yilning dekabr oyida “Termiz halqaro gostronomik” festivali o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu tadbirga Tojikiston va Qirg‘iziston respublikalari vakillari ishtirok etishi va ko‘plab sayyohlar tashrifi ko‘zda tutilmoqda.

 “Enter Engineering” kompaniyasi (Singapur) tomonidan Termiz shahri, “Tuproqo‘rg‘on” MFY hududida 150 mln. dollarlik zamonaviy “Hilton” mehmonxonasi va “Kongress holl qurilishi boshlangan bo‘lib, ushbu loyiha amalga oshishi natijasida 30 ta yangi ish o‘rni tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Bir soʻz bilan aytganda, turizmni rivojlantirish uchun hali koʻp ish qilish kerak, ammo hukumat qarorlari, amalga oshirilayotgan yirik islohotlar, xalqaro miqyosida hamkorlikning ufqlari kengayib borayotganining o‘ziyoq mamlakatning eng Janubiy mintaqasida turizmning kelajagiga optimistik qarashga imkon beradi. Surxondaryomiz tabiat in’om etgan joylashuvi va geografik iqlimi bilan ham chinakamiga turizm o‘chog‘i bo‘lib, yer yuzida sayqal topganiga hech shubha yo‘qki, qaysi hududga bormang o‘sha joyda yodgorliklar, dam olish maskanlariga, turizm maskanlariga ro‘baro‘ kelaveramiz. Madaniy va tarixiy joylarning qachon ahamiyati oshadi, qachonki, avvalo, o‘zimiz yaxshi anglasak, borib o‘z ko‘zimi bilan ko‘rib, miriqib dam olib, har birimiz sayohatchiga aylansak, ana shundagina, biz boshqalarni ham vohamizga taklif qila olamiz. 

J. Toʻrayev,

Surxondaryo viloyati hokimining oʻrinbosari,

turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshligʻi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Menda savol bor?

Qaysi holatlarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etish mumkin?—...

“Men buni uddalay olaman”

Hayot — bu turli sinovlar va imkoniyatlarga to‘la daryoga...

Metodik mahorat muhim

Maktabgacha ta’lim tizimi — bolalarning o‘qish, rivojlanish va tarbiya...

Ziyoratga olib boruvchi yo‘l obodonlashtirilmoqda

Yurtimizning qay bir hududiga bormang, qadimiy ziyoratgohlar, ularning nomlanishi,...
KunTun
KunTun