IT markazi ish boshladi

Date:

IT sohasiga qiziqish ortib, hududlarda soha sirlarini mukammal o‘rgatadigan markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilayotir. Muzrabot tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida ham tuman hokimi Abdurashid Ismailov tashabbusi bilan raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ish boshladi.
IT markazning ochilish marosimida tuman hokimining shaxsan o‘zi ishtirok etib, yoshlarga kompyuter texnologiyalar sohasini chuqur o‘zlashtirishlari, yurtimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan kadrlar bo‘lib yetishishlari lozimligi ta’kidladi.
Ushbu markaz zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlangan bo‘lib, frontend, backend, kompyuter savodxonligi va IT english kurslari mavjud. Shuningdek, u yerda o‘quvchi sig‘imi 40 nafar bo‘lib, mashg‘ulotlar haftada 3 kun olib boriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun