48 nafar yosh yerlik bo‘ldi

Date:

Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishga ishtiyoqi bor, ammo ekin-tikin qilishga yeri yo‘q yoshlar munosib qo‘llab-quvvatlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada dasturil amal bo‘lib xizmat qilayotir.
Ayni qarorga asosan Termiz tumanidagi yer olish istagida bo‘lgan yoshlar ro‘yxati shakllantirilib, ularga yer maydonlari ajratib berilmoqda. Tumanning 2-sektor hududida joylashgan “Gulbahor” mahallasidagi “Navro‘z naslchilik” chorvachilik majmuasining ishlab chiqarish korxonasiga qarashli 23,8 gektar yer maydonidan yer olib, dehqonchilik qilish istagida bo‘lgan 48 nafarga yoshga 50 sotixdan 30 yil muddatga ijaraga berildi.
Ajratib berilgan yer maydonlariga “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida yeryong‘oq ekiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun