Xayr beg‘ubor bolaligim…

Date:

Hayotimiz davomida o‘tgan umrimizga nazar tashlasak, eng beg‘ubor paytimiz bu bolalik davrimiz, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayniqsa, bog‘chaga borgan kezlarimizni yodga olganimizda dilimiz quvonadi. Ko‘z ochib yumgunimizcha o‘zimiz ulg‘ayib endi farzandlarimiz ham biz kabi bolalikning eng beg‘ubor sho‘x-shodon paytlarini bog‘chada o‘tkazishmoqda.
Xususan, Termiz tumanidagi 1-MTT bolajonlari jonajon bog‘chasi bilan xayrlashib, maktabga ilk qadam bosish yoshiga kelganligi bois, “Xayr bog‘cha” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi. Tadbirda jajji bolajonlar o‘zlarining ajoyib raqslari va she’r-qo‘shiqlari, turli sahna ko‘rinishlari bilan barcha ota-onalarga olam-olam quvonch baxsh etdi. Shuningdek, tadbirda turli viktorina o‘yinlari o‘tkazilib, g‘oliblar rag‘batlantirildi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun