Malaka sinovlari davom etmoqda

Date:

Pedagog kadrlarning bilim-salohiyatini, malakasini, bir so‘z bilan aytganda, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishga munosib ekanini sinovdan o‘tkazuvchi malaka sinovlari bo‘lib o‘tgan edi. Afsuski, hamma ham turli sabablarga ko‘ra ushbu sinovlarga ishtirok eta olmagan edi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sabab (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslar)ga koʻra, ishtirok eta olmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilishi belgilangan.
Shunga muvofiq, uzrli sabablarga koʻra, malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan viloyatimizdagi jami 1044 nafar pedagoglar 30-31-may kunlari Termiz shahridagi 26-maktabda bo‘lib o‘tadigan attestatsiya sinovlarida qatnashishmoqda. Jarayonlar amaldagi talablar va belgilangan tartib asosida bo‘lib o‘tmoqda. Sinovlarning ilk kunida 550 nafar pedagog ishtirok etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun