Bolalar uchun…

Date:

O‘g‘il-qizlarimizni nafaqat moddiy tomondan kam-ko‘stsiz voyaga yetkazishimiz kerak, balki ma’naviy jihatdan kamolini ko‘zlash ham biz kattalarning oldimizdagi majburiyatimizdir. Har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, avvalo, oila, onalik hamda bolalikni muhofaza qilish davlatimizning ustuvor vazifasi sifatida belgilab olinib, bu ijtimoiy siyosat darajasiga ko‘tarilib kelmoqda.
Butun dunyo bo‘ylab 1-iyun — “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” sifatida nishonlanadi. Shunga ko‘ra, Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasida tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar, ularning farzandlari va boshqa oila a’zolari ishtirokida oila va bolalar bayrami tadbiri tashkil etildi. Bolajonlar uchun sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, she’r va qo‘shiqlar ijro etildi.
Shuningdek, bolajonlar uchun viloyat musiqali qo‘g‘irchoq teatrida “G‘aroyib teatr” musiqiy shou dasturi ijro etib berildi. Yakunda bolajonlarga esdalik sovg‘alari va shirinliklar ulashildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hasan 5 karra chempion!

Termiz davlat universiteti sport faoliyati fakulteti talabasi Hasan Xudoynazarov...

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun