Soha faoliyati sarhisob qilindi

Date:

Termiz shahridagi Matbuot uyi binosida Surxondaryo viloyati, IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Xalliyev, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi bosh inspektori Anvarjon Mirzayev hamda OAV xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi uning shahar, tuman bo‘linmalari tomonidan 2024-yilning 4 oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentyabrdagi PF-6065-son farmoniga muvofiq jami 74 428 nafar fuqaroga identifikatsiyalovchi AI-kartalari rasmiylashtirib berilganligi haqida aytib o‘tildi.


Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2023-yil 31-iyul kunidagi 321-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-dekabr kunidan O‘zbekiston respublikasi fuqarolari, doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash joyiga borib identifikatsiyalovchi AI karta rasmiylashtirish tartibi joriy qilindi hamda ushbu yo‘nalishda CALL markazlari tashkil etilganligi alohida ta’kidlandi.
Xususan, 2022-yildan boshlab xorijga chiqish biometrik pasporti davlat xizmatlari markazi tomonidan rasmiylashtirilishi yo‘lga qo‘yilib, hozirgi kunda viloyatimizning 9 ta shahar va tumanlarida faoliyat yuritilayotganligi hamda kelgusida barcha tuman davlat xizmatlari markazlarida berilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, 2022-yil 16-iyundagi PQ-282-sonli qarori bilan ushbu yo‘nalishda bir qancha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan, ariza anketa to‘ldirish tartibi bekor qilinib, elektron ariza shakllantiriladigan bo‘ldi. 27 yoshga to‘lmagan fuqarolardan harbiy xizmatga majburligi haqida ma’lumotnoma talab qilish tartibi bekor qilindi.
Voyaga yetmagan shaxslarning ota-onasi bir vaqtda IIB M va FRBga kelganda ulardan rozilik ariza olish tartibi bekor qilinib, tilxat olish amaliyoti joriy etilganligi hamda 1-2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan bo‘lsa, davlat bojini to‘lash imkoniyati foiz etib belgilangan.
Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Soliqdan qochib…

Yaqinda kiyim-kechak do‘koniga kirib, xaridni amalga oshirganimdan so‘ng, kassada...

Sinov majburiy bo‘ladi

Palma yog‘i 45 foizgacha palmetin kislotasidan tarkib topgan. Ushbu...

Kredit olishni taqiqlash mumkinmi?

Yurtimizda oʻz-oʻziga kredit olishni taqiqlash boʻyicha yangi qonun kuchga...

Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyiladi

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi ijrosini taʼminlash, ijtimoiy xizmat va...
KunTun
KunTun