“Shunqorlar” bellashdi

Date:

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularning ongida Vatanni sevish, ardoqlash, qadrlash tuygʻusini shakllantirish, harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishini oshirish, sportning texnik va amaliy turlariga boʻlgan qiziqishini yanada uygʻotish maqsadida Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi “Termiz” umumqoʻshin dala maydonida “Shunqorlar” harbiy-sport oʻyinlarining viloyat bosqichi oʻtkazildi.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyati kengashi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Mahallalar uyushmasi xodimlari hamda harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirok etishdi. Ushbu musobaqada Surxondaryo viloyatining 15 ta tuman-shaharlaridan jami 15 ta jamoa ishtirok etdi.
Nizomga muvofiq musobaqa 3 bosqichdan, yaʼni “Harbiy-vatanparvarlik”, “Harbiy-amaliy koʻpkurash” hamda “Sport” bosqichlaridan tashkil topgan. Har bir bosqich oʻz navbatida Oʻzbekiston tarixi bilimdon viktorinasi, saf qoʻshigʻi, “Biz bir jamoamiz!” koʻrik-tanlovlari, pnevmatik quroldan oʻq otish, oʻquv granatasini uzoqlikka uloqtirish, harbiylashtirilgan estafeta, duatlon, 100 metrga yugurish, turnikda tortilish singari shartlarni oʻz ichiga qamrab oladi. 17-22 yosh oraligʻidagi yoshlar, talabalar hamda umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan mazkur musobaqada har bir jamoadan 10 nafar ishtirokchi bahs olib bordi.
Musobaqa yakuniga koʻra, Denov tumanidagi 24-maktabning “Janub qalqonlari” jamoasi 3-oʻrinni, Muzrabot tumanidagi “Chegara” mahallasining “Chegarachi” jamoasi 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, faxrli 1-oʻrinni Termiz tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabining “Amur Temur avlodlari” jamoasi egalladi va shu yilning iyun oyida boʻladigan musobaqaning final bosqichiga va “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi kubogi”ga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Musobaqani samarali tashkil etish va oʻtkazishda yaqindan yordam berganlarga “Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyati kengashi tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

Akbar Ahmedov,
III darajali serjant,
Termiz garnizoni

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qadriyatlar sadosi yangrar

Boysun tumanining "Bibishirin" mahallasida joylashgan “Boysun bahori” turizm majmuasida...

“Boysun bahori” — madaniyatlar chorrahasi

Surxondaryo viloyatida milliy madaniyat va boy folklor merosini keng...

Sho‘rchining “o‘sish nuqta”lari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243 Farmoniga muvofiq, Sho‘rchi...

Cheklovlarga yo‘l qo‘yilmaydi

O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilarini tarmoqlardan ajratish...
KunTun
KunTun