Janubda harbiylar farzandlariga tavsiyanomalar topshirildi

Date:

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi Termiz garnizonidagi harbiy qism Ma’naviyat va ma’rifat markazida harbiy xizmatchilarning farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar tantanali topshirildi.
Prezidentimizning 2018-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idora xodimlarining farzandlari uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun besh foizli kvota hamda burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan xodimlarning farzandlariga esa oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga tanlovsiz qabul qilish to‘g‘risida tavsiyanomalar berilishi belgilangan.
Shunga muvofiq tadbirda Termiz, Kakaydi, Xayrobod garnizonlari harbiy qismlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning 49 nafar o‘g‘il-qizi besh foizli kvota asosida o‘qishga kirish to‘g‘risidagi tavsiyanomaga ega bo‘ldi. Tadbirda Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i, polkovnik Po‘lat Sativaldiyev mamlakatimizda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga ko‘rsatilayotgan e’tibor haqida atroflicha so‘z yuritdi. Joriy yilda umumta’lim maktablarini muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga yo‘llanma olayotgan yoshlarga omad tiladi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining Kakaydi garnizonidagi harbiy qismda xizmat qilayotgan podpolkovnik Bobur Bo‘ranovning qizi Aziza Bahodirova Jarqo‘rg‘on tumanidagi 1-umumta’lim maktabini bitirmoqda. U xorijiy til bo‘yicha mutaxassis bo‘lishga juda qiziqadi.
— Vatan himoyachisi oilasida tug‘ilib, kamolga yetayotganimdan faxrlanaman”, deydi Aziza Bo‘ranova. — Oilamiz har taraflama ijtimoiy himoya qilinmoqda. Bugun menga topshirilgan imtiyoz beruvchi tavsiyanoma o‘z orzu-istaklarimni ro‘yobga chiqarishda intilishlardan to‘xtamaslikka undadi. Maktabni tugatgach, Buxoro davlat universitetining jahon tillari fakultetiga hujjat topshiraman. Kelgusida Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti uchun xizmat qilaman.
Tantanali marosim yakunida harbiy xizmatchilarning farzandlari so‘zga chiqib, ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar uchun davlatimizga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Akbar Ahmedov,
III darajali serjant,
Termiz garnizoni

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Savdo-iqtisodiy aloqalar yanada mustahkamlandi

"Termiz" xalqaro markazi bugun dunyo ishbilarmonlarini bir nuqtada jamlab,...

Toʻyga toʻyona boʻldi

Viloyatimiz boʻylab Navroʻz umumxalq bayrami shukuhi kezib yuribdi. Sariosiyoliklar...

Sariosiyoda Navroʻz shukuhi…

Bugun viloyatimizning Sariosiyo va Qiziriq tumanlari qatorida Qumqo‘rg‘onda ham...

“Behbudiyni yod etib”

O‘zbekiston tarixida g‘oyat murakkab va sinovli bo‘lgan bir davrda...
KunTun
KunTun