“Qo‘zichoqli”da ishbilarmon yoshlar jam

Date:

Ro‘yi zamin sayqali Samarqand bo‘lsa, Surxonning gavhari Denov desak, aslo adashmagan bo‘lamiz. Har tomonlama rivojlanib, ravnaq topib borayotgan ushbu tuman aholisi ilgaridan mehnatkash, ishbilarmon kishilar hisoblanishadi. Shundanmi, odamlarning turmushi farovon. Tuman ishlab chiqarishda ham, tadbirkorlik deysizmi, chorvachilik, savdo-sotiq, qurilish ishlarida ham barchaga o‘rnak bo‘lib kelayotir. Amalga oshirilib, hayotga tatbiq etilayotgan islohotlarni bugun o‘z bag‘rida jo aylab, kundan kun rivojlanib, chiroy ochib borayotgan Denovda yirik salohiyatli korxonlar soni ham ortib, iqtisodiy taraqqiyotga tayanch bo‘lib bormoqda.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumaniga tashrif buyurib, “Denov ravnaq kamoli” MChJning poyabzal ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Ishlab chiqarish jarayonlari, tayyor mahsulotlar sifati bilan tanishgan viloyat rahbari tadbirkorga korxona faoliyatini kengaytirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalarini berdi. Shuningdek, shu yerning o‘zida temirni qayta ishlash orqali qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasi taqdimot qilindi.
Bugun aholi daromadi oshib, ish o‘rinlari yaratilishida bu kabi tadbirkorlik subyektlarining ahamiyati yuqori. Tadbirkor qo‘llab-quvvatlansa, faoliyatini kengaytirgan ishbilarmon nafaqat hudud rivojiga balki, aholining manfaatiga ham xizmat qilishi shubhasiz. Buni yaxshi anglagan viloyat rahbari mas’ullarga tadbirkorning faoliyati va tashubbuslarini qo‘llab-quvvatlash vazifasini topshirdi.
Vohamizning har bir hududida “Sayxunobod” tajribasini joriy etish, fuqarolarning real daromadini oshirish borasida muhim loyihalar hayotga tatbiq etilib, ushbu loyihalar ham voha rahbarining diqqat markazida bo‘lib turibdi. Tumanga tashrifi chog‘ida Ulug‘bek Qosimov bu boradagi amaliy ishlar bilan ham yaqindan tanishdi. Istiqlol yulduzi mahallasida “Sayxunobod” tajribasini joriy etish va aholini tadbirkorlikka jalb qilish borasidagi ishlar bilan tanishilib, “yettilik”ning bu boradagi axborotlarini tingladi. Aholi xonadonlarida tomorqadan samarali foydalanish, asalarichilik va issiqxonachilik faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Mahalla guzarida xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan loyihalar bilan ham tanishilib, ishsiz xotin-qizlar va yoshlarga subsidiya asosida tikuvchilik dastgohi hamda motokultivator topshirildi.
Viloyat rahbari Denov tumaniga tashrifi davomida “Denov vino aroq” AJda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini sog‘lomlashtirish borasida mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildi. Mutasaddilarga bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tegishli vazifalar belgilab berildi.
Shundan so‘ng, “To‘palang” suv omboridan viloyatimizning 11 ta hududidagi aholini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi megaloyiha doirasida qurilayotgan 20 ming kub metrlik suv saqlash va tozalash inshooti qurilishi bilan tanishildi.
Tashrif yakunida “Qo‘zichoqli yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi”da olib borilayotgan ishlar, tijorat banklari tomonidan tashabbuskorlarga kredit mablag‘lari ajratish, loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi. Tijorat banklari va mutasaddilarga loyihalarni muddatida ishga tushirish uchun zarur choralarni ko‘rish topshirildi.

A.Mo‘minova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Murojaatdan daromadga 5 qadam”

Hech kim muammosi bo‘lmasa, xalq qabuliga borib, ming bir...

Qariyalar uchun robot yaratildi

Yoshing keksayib qolganda, kimgadir muxtoj bo‘lishdan yomoni yo‘q. Tinib-tinchimas...

O‘g‘il onasini o‘ldirsa…

Ona deganda dunyodagi eng ulug‘ zor, eng yaqin va...

Viloyat hokimi Denovda

Tanimizni dard qiynasa, jarrohlik amaliyotiga ehtiyoj sezsak, shifo istab,...
KunTun
KunTun