Yorqin kelajak sari

Date:

Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’limda ham ixtisoslashuvning bo‘lgani, bola bilan ishlashda iqtidori, qiziqishi inobatga olingan holda o‘quv jarayonlarining olib borilishi, natijaga erishishni osonlashtiradi. Bu esa yoshlarni bir maqsad yo‘lida birlashtirish bilan birga qiziqishini yanada oshirishi turgan gap. Viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning barchasida umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkazildi.
Unda o‘quvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv zali, ma’naviyat va ma’rifat xonasi, madaniy dam olish xonalari, sport seksiyalari, fan va badiiy havaskorlik to‘garaklari, “Zakovat” o‘yinlarini o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar, “Besh muhim tashabbus” yo‘nalishlari bo‘yicha to‘garak xonalarining mavjudligi, kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun