Yangi normalar zarurati…

Date:

Sport korrupsiyadan holi bo‘lishi kerak. Aks holda tizimni muvaffaq omadsizlik va mag‘lubiyat kutadi. Aslini olganda, sport sohasida bunday holatlarga yo‘l qo‘yib berish, bevosita ishtirok etish esa jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Jinoyat kodeksida sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qo‘shimchalar kiritilayotir.
Senatning ellik ikkinchi yalpi majlisida “Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi. Aslini olganda, sportni ommalashtirish, sport turlarini yanada rivojlantirish va sport infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda sohadagi qonun hujjatlariga sportdagi korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan yangi normalarni kiritish zarurati yuzaga kelmoqda.
Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olganligi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lganligi, shuningdek, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun milliy qonunchiligimizni zamonaviy xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda takomillashtirishga, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga, sport sohasidagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashga, shuningdek respublikamizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun