Yoshlar biznes sayohatga chiqdi

Date:

Biznes loyihalari, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishuv, ijodkorlik ishlarini kuzatib, qizg‘in muhit bilan tanishgan borki, o‘zidagi iqtidorni payqaydi. U yoki bu sohaga qiziqish uyg‘onadi. Qarabsizki, o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, muvaffaqiyatga erishganlarning tajribasiga tayanib, mustaqil ishiga ilk qadamni tashlaydi.
Ayni maqsadni ko‘zlagan Qumqo‘rg‘on tuman prokurori Sh.Akramov tashabbusi bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan 2-sektordagi 23 nafar uyushmagan yoshning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlarida ko‘maklashish maqsadida Termiz shahridagi Yoshlar sanoati va tadbirkorlik zonasiga “Biznes sayohati” tashkil etildi.
Dastlab, yoshlar tadbirkorlar faoliyati bilan tanishib, bevosita ish jarayonida ishtirok etishdi. Biznes loyihalari mahsulotlarini ishlab chiqarishdan realizatsiya qilishgacha bo‘lgan jarayonda ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Yakunda, yoshlarning taassurotlari, maqsadlari, kelgusidagi rejalari va ularni amalga oshirish borasida davra suhbati o‘tkazilib, tadbirkorlik faoliyatini boshlashida amaliy yordam berish bo‘yicha manzilli choralar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun