Raqamlashtirish davom etmoqda

Date:

Barcha soha singari kadastr sohasida ham hozirda kadastr yig‘ma jildlarini raqamlashtirish ishlari amalga oshirib borilmoqda, Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan 2024-yilni “Arxiv hujjatlarni raqamlashtirish va ularni hisobini to‘g‘ri yuritishni yo‘lga qo‘yish yili” deb e’tirof etildi. Shu munosabat bilan respublikamizning barcha viloyatlarda ishchi guruh tashkil etilib, kadastr yig‘ma jildlarini mavjudlik holatini o‘tkazish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Shu jumladan, viloyatimizda ham 4 ta tuman filialining idoraviy arxivida saqlanayotgan ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘ma jildlarini raqamlashtirish va ularni hisobga olish va ularni hisobga olish bo‘yicha reja-grafigiga muvofiq tasdiqlandi. Aytish kerakki, reja-grafikka asosan Surxondaryo viloyati idoraviy arxiv saqlovida jami 590 935 ta kadastr yig‘ma jild hujjati mavjud bo‘lib, shundan 506 233 ta turar joy obyektlari, 38 751 ta noturar joy obyektlaridir.
Barcha tuman (shahar) filiallar idoraviy arxivlarida saqlanayotgan ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘ma jildlarini raqamlashtirish va ularni hisobga olish ishlarini sifatli olib borishlari uchun ishchi guruhlariga yetarlicha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Idoraviy arxiv filiallarida faoliyat yuritayotgan arxiv ishi muhandislari Davlat kadastrlari palatasining 2023-yil 20-iyuldagi tegishli xatiga asosan “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi malaka oshirish ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda Davlat kadastrlari palatasining viloyatlar arxiv ishi bosh mutaxassislari va tuman (shahar) filiallari arxiv muhandislari Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida (10) kun ichida malakasini oshirib, o‘z sohasi qanchalik murakkabligi, javobgarligi, mas’uliyati bo‘yicha bilimini oshirib keldi.
O‘qish jarayonida olingan bilimlar va uslubiy qo‘llanmaga asosida barcha arxiv ishi muhandislari o‘z filiallarida ishlarni mukammal tashkil yetishgan. Idoraviy arxiv xonalarda mavjud har bir kadastr yig‘ma jildlarini raqamlash, muhrlash va skaner qilingan hujjatlarni “Next Cloud” elektron tizimiga yuklash hamda barcha o‘rganilgan hujjatlarni namuna ilovasiga muvofiq to‘liq ma’lumotlarni kiritib, elektron ko‘rinishida saqlagan holda ishlar olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati bo‘yicha bugungi kunga qadar 32 000 ta yaqin hujjatlar to‘liq o‘rganib chiqilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qashqadaryolik jurnalistlar Termizda

Har bir fuqaro saylash va saylanish huquqiga ega. Joriy...

O‘qituvchi maoshini o‘zi belgilaydi

O‘qituvchi-pedagoglar qadr topib, ular uchun barcha shart-shaoitlar yaratildi. Maqsad...

Loyihalar va taqdimotlar bilan tanishildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq...

Marburgga qarshi choralar kuchaytirildi

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti Afrika qit’asidagi Ruanda davlatida Marburg...
KunTun
KunTun