Banan endi o‘zimizda yetishtirilmoqda

Date:

Banan yeb turish kerak. U depressiyaga qarshi kurashda yordam beradi. Qolaversa, suyaklarni mustahkamlaydi. Ayniqsa, bu kofeni yaxshi ko‘radiganlar uchun muhim. Chunki kofe organizmdan kalsiyni chiqarib yuboradi, banan esa aksincha. Banan qabziyat, oshqozon yarasini davolashda yordam beradi.
O‘zimizda esa banan yetishtirilmaganligi sabab, bu mevaning narxi bozorlarimizda birmuncha qimmatroq. Ammo shunga qaramay, uni doimo tanovul qilishga odatlanganmiz. Shunday paytda savol tug‘ilishi tabiiy, nega o‘zimizda banan yetishtirilmaydi. Hech sinab ko‘rilganmikan? Sho‘rchilik fuqaro Sherzod Xolmatov qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirib yurgan emasmi, banan ekib, uni yetishtirishga ham qiziqib ko‘rdi. U o‘zining mo‘jazgina issiqxonasida pomidor ko‘chatlari bilan bir qatorda banan, mandarin, mango ham parvarishlamoqda.
Qahramonimizning aytganlariga ko‘ra, banan ko‘chatlarini yerga qadagandan so‘ng, 14-15 oydan keyin sekin-asta mevalari yetila boshlar ekan. Bahor, yoz oylarida havo haroratining issiqligi tufayli hosil mo‘l va barakali bo‘ladi. Bitta banan daraxti 21-23 kilogramgacha, donaga hisoblasa 250-300 tagacha meva berishi mumkin.
Xaridorlar uydan kelib olib ketishadi. 1-2 oy oldindan buyurtma beruvchilar ham bor. Ko‘chatni hosil berish muddatini hisobga olgan holda ekib, parvarishlansa, yil 12 oy davomida daromad olsa bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun