Qurilish sohasidagi ishlar o‘rganildi

Date:

Surxondaryo viloyati so‘nggi bir necha yilda ulkan qurilishlar manziliga aylandi. Alal oqibat voha yangicha va zamonaviy qiyofa kasb etdi. O‘z-o‘zidan ayonki, qurilish, bunyodkorlik ishlariga parallel ravishda chor atrofimizni yashillikka burkashga, nafas olayotgan havomizning musaffoligi saqlashga urinib, mevali va manzarali ko‘chatlar, anvoyi gullar ekishdan ham to‘xtaganimiz yo‘q. Xalqimiz “Yashil makon” umummilliy loyihasi ostida birlashib, ezgu harakatga o‘z hissasini qo‘shdilar.
Albatta, har bir harakatimiz, Surxondaryo viloyatida amalga oshirilgan loyiha va topshiriqlarning qanday kechayotgani viloyat rahbarining diqqat markazida. O‘z navbati bu mas’ullarning mas’uliyatini oshirib, shijoatini toshirishi, ish unumiga ijobiy ta’sir ko‘rsatiga aniq. Ayni maqsadni ko‘zlab Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Jarqo‘rg‘on tumanidan boshladi. Dastlab, “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar qurilishi, yaratilayotgan infratuzilmalar, yozgi dam olish va bolalar maydonchalari hamda yashil hududlarni barpo etish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, M-41 xalqaro avtomagistral yo‘li bo‘ylab hamda tumandagi markaziy ko‘chalarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va bunyodkorlik ishlarining holati o‘rganildi.
Viloyat rahbari ishlar talab darajasida emasligi, turar joylar oldida yozgi dam olish va bolalar maydonchalari tashkil etilmaganligini tanqid qildi. Mutasaddilarga bugunning o‘zida ishlarni jadallashtirish, tumanda obodonlashtirish ishlari amalga oshirish bo‘yicha taqdimot qilish vazifasi topshirildi. Kuning ikkinchi yarmida topshiriqlar ijrosi qayta o‘rganiladi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari Termiz shahridagi markaziy ko‘chalar bo‘ylab berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi. Xususan, Yangi O‘zbekiston, Islom Karimov, Fidokorlar, Alisher Navoiy, Istiqlol, Ibn Sino ko‘chalarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, yashil hududlar, daraxt va gul ko‘chatlarining sug‘orilishi ko‘zdan kechirildi.
Shahar mutasaddilari va obodonlashtirish sohasi mas’ullariga ishlarni tizimli va sifatli tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun