“Men davlat xizmatchisi bo‘laman”

Date:

Har qanday davlat o‘z istiqbolini sog‘lom va barkamol avlod timsolida ko‘radi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonini, kuchli fuqarolik jamiyati va huquqiy demokratik davlat qurishdek ezgu maqsadlar ro‘yobini yoshlar ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali tashabbusi bilan Uzun tumanidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga qiziqishlarini oshirish maqsadida “Men davlat xizmatchisi bo‘laman” mavzusidagi insholar tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Shu yurtga o‘zini kamarbasta deb bilgan, vatan xizmatini sharafli burch deb hisoblagan yosh borki, ushbu tanlovda ishtirok etdi. Har bir ishtirokchi inshosida o‘z orzu va maqsadlarini vatan kelajagi, taqdiri bilan bog‘ladi. Qay kasb egasi bo‘lishidan qat’i nazar kerakli kadr bo‘lish yetishishini bildirdi. Ana shunday mazmundagi insholar ichida g‘oliblarni aniqlash birmuncha qiyin kechdi. Shunga qaramay, eng yaxshi insho mualliflari aniqlanib, g‘olib deb topildi va tuman hokimligining katta majlislar zalida mas’ullar ishtirokida qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stadion zamonaviy talablarga moslashtiriladi

Sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlar uchun qulay sharoit yaratish va...

TerDUda yangi loyihalar amalga oshiriladi

Ta’lim, sport va dam olish uchun zamonaviy infratuzilma yaratish...

Ekstremizm: huquqiy mexanizmlar kuchaytirilmoqda

Jamiyat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar huquqlarini himoya qilishda ekstremizmning...

Obod mahalla, baxtli bolalik

Bolalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish —...
KunTun
KunTun