“Dolzarb 40 kunlik”

Date:

Ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lgan va bo‘lmagan xabarlar tarqalib, keng jamoatchilik orasida duv-duv gap bo‘ladi. Qaysidir ko‘chada bir kechada yuzlab daraxtlar g‘oyib bo‘lsa, yana boshqa bir xabarda noyob va ko‘p yillik daraxtlar ostida kimdir zararli suyuqlik sepib, ildizidan quritib yuborayotgan bo‘ladi. Chiqindi tashlash, ekologiyani zararlash, atrofni, havoni ifloslantiruvchi harakat va harakatsizliklarning esa oxiri ko‘rinmaydi. Xo‘sh, bundan kim qanday xulosa chiqaradi? Albatta, yuqoridagi holatlar bizning ekologik madaniyatimiz, saviyamizga ko‘zgu tutgandek bo‘lsa, bunga javoban atrofdagilar, kuzatuvchilar qanday munosabatda bo‘lishlari kerak? Surxondaryo viloyatida boshlangan “Dolzarb 40 kunlik” kuchaytirilgan ekologik reyd tadbirlarida ayni jihatlar inobatga olindi.
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi hamkorligida boshlangan tadbirlarda Termiz shahar, viloyat miqyosida targ‘ibot-tashviqot ishlari, reyd nazoratlari olib borilmoqda.
Ushbu reyd tadbirlari biz nafas olayotgan havomizning musaffoligiga o‘z hissamizni qo‘shishga, atrof-muhitni ifloslantirmaslikka, bir so‘z bilan aytganda, ekologik madaniyatimizni shakllantirishga xizmat qiladi. Albatta, tabiatda muvozanat bo‘lishi unga bo‘lgan munosabatimiz, u bilan birlashishimizga bog‘liq, shunday ekan, nafaqat “Dolzarb 40 kunlik”da, balki har doim risoladagidek foydalanuvchi bo‘laylik!

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun