Uzundan Denovgacha…

Date:

Aholi bandligini ta’minlash birinchi galdagi vazifaga aylangan. Eng muhimi odamlar qanday bo‘lmasin band bo‘lishi emas, o‘zlari qiziqqan, maroq ila band bo‘ladigan, qolaversa, mo‘may daromad keltiradigan sohalarda mehnat qilishlari maqsad qilingan. Va maqsadga erishilmoqda ham. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Uzun tumanida bo‘lib, u yerdagi mahallalarda “Sayxunobod tajribasi” asosida ishlarning qanday tashkil qilingani bilan qiziqdi.
“Yangi ro‘zg‘or” mahallasidagi ko‘chalari bo‘ylab, voish usulida uzum yetishtirish hamda o‘rdak boqish yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi qayd etilib, tajribani omallashtirish lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, mahallada “Har bir oila tadbirkor” davlat dasturi orqali 16 nafar fuqaroga 350 million so‘m, Prezidentimizning “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 5 nafar fuqaroga 500 million so‘mlik kredit paketlari ajratilib, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, mebel mahsulotlari ishlab chiqarish, tikuvchilik kabi loyihalar yo‘lga qo‘yilgan.
Tumanga tashrif yakunida viloyat rahbari 1-sonli kasb-hunar maktabida o‘quvchilarga hunar o‘rgatish jarayonlari bilan tanishdi. Xususan, payvandlash va chilangarlik bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarning borishi ko‘zdan kechirildi. Ayni vaqtda maktabda 454 nafar o‘quvchi 6 ta yo‘nalish bo‘yicha kasb-hunar sirlarini o‘rganmoqda. Viloyat rahbari har-bir o‘quvchi kamida bitta kasb-hunarni puxta egallashi lozimligini ta’kidlab, mutasaddilarga tegishli vazifalarni belgilab berdi. Shundan so‘ng, viloyat rahbari hududlarga tashrifini Denov tumanida davom ettirib, Namozgoh mahallasi hududidagi 52 gektar maydonda amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun