Ishsizlarning hech biri noumid ketmadi

Date:

Har qanday masalaning oxiri moddiyatga borib taqaladi. Olma pish, og‘zimga tush qabilida o‘tirgan bilan foydasiz. Buning uchun mehnat qilishimiz, o‘zimiz va oilamizni ta’minlashimiz lozim. Ana shunday istakdagi insonlar uchu bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi ayni muddao bo‘lishi aniq. Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i G‘ayrat Xo‘jamqulov boshchiligida probatsiya guruhi hisobida jazo muddatini o‘tayotgan nazorat ostidagi va muqaddam sudlangan vaqtincha ishsiz fuqarolar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.
Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 30 nafarga yaqin shaxs munosib ish joyi qidirdi. O‘z ixtisosligi, qiziqish va layoqatiga qarab tanlov qildi. Natijada 11 nafar ishsiz ishga joylashtirildi. Qolganlar ham noumid ketmadi, balki kasb-hunarga o‘qiydigan bo‘lishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun