Surxondaryoda qovun pishdi

Date:

Surxon zaminiga quyosh ayamasdan nurini sochadi. Tuprog‘imiz esa hosildor. Bir so‘z bilan aytganda, hudud qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, bog‘ yaratish, ekin-tikin qilish uchun har jihatdan mos. Ayni shu sababdan ham o‘rik eng birinchi Surxondaryoda gullaydi. Daraxt va ekinlarimiz erta bahordanoq hosilga kirib, voha ahlini quvontiradi. Yaqindagina tarvuz pishgani xabarini bergan bo‘lsak, endi qovunlarimizga ham rang va maza kirganini maqtanishni ko‘ngilga tugdik.
Axir, vohalik dehqonlar har yili qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini birinchilardan yetishtirib, bozor rastalariga yetkazib beradi-da. Xususan, Angor tumani “Yuqori Tallimaron” mahallasida bog‘dorchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, xorijlik investorlar tomonidan tashkil etilgan “Qodir shahb” MCHJ dalalariga erta bahorda ekilgan “Dakara” navli qovunning ilk hosili pishib yetildi.
Ayni kunlarda pishib yetilgan qovunlarni aholi iste’moli uchun mahalliy bozorlarga chiqarish hamda xorijiy davlatlarga eksport qilish ishlari qizg‘in tus olgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun