Uch avlod vakillari uchrashdi

Date:

Yoshlar va keksa avlod vakillari bir davrada bo‘lishsa, albatta, kechagi, bugungi va ertangi kunimiz bilan yuzlashganday bo‘lamiz. Yoshi ulug‘larning nasihati, o‘gitlari va katta hayot tajribasi yoshlarga katta motivatsiya bo‘lishi ertangi kunga umid va ishonchini oshirishi aniq. Ayni maqsadlarni ko‘zlagan holda “9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Jarqo‘rg‘on tumanidagi 66-umumta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi. Unda nuroniylar, faxriy ustozlar, maktab jamoasi, o‘quvchi yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda yurtimizning bugungi tinch-osoyishta hayoti uchun jasorat ko‘rsatib fido bo‘lgan vatandoshlarimiz xotirasi yod etildi. Bugungi dorilomon kunlar, yoshlarga berilgan imkoniyatlar xususida so‘z yuritilib, keksalarning pand-nasihatlariga quloq tutildi. O‘quvchilar ijrosidagi badiiy chiqishlar tadbirga yanada fayz berdi.
Shuningdek, mehmonlar maktabda yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Nuroniylarga o‘quvchilar o‘z qo‘llari bilan chizgan suratlarini sovg‘a qilishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun