“Pullaringizni himoya qiling”

Date:

Aytaylik, jamg‘arib borgan ma’lum miqdordagi mablag‘ingiz bor. Undan qanday foydalanasiz? Balki shunchaki qachondir kerak bo‘lib qolar talqinida uyingizda saqlab qo‘yishni munosib ko‘rarsiz? Bunda inflyatsiyani hisobga olishingiz kerak. Kundan-kunga, yildan-yilga narx-navo oshib boradi. Pulingizni pul ishlashini, sizga daromad keltirishini o‘ylashingiz kerak. Ana shundagina inflyatsiya sizga o‘z ta’sirini ko‘rsata olmaydi. Muhimi, pul bilan to‘g‘ri muomala qilishni bilish kerak.
Markaziy bank hamda “Global Money Veek” xalqaro kompaniyasi tashabbusi bilan “Umumjahon pul haftaligi” munosabati bilan respublikamizdagi taʼlim muassasalarida “Pullaringizni himoya qiling, kelajagingizni taʼminlang” shiori ostida tanlovlar tashkil etib kelmoqda. Agrobank ATB hududiy bo‘limi tomonidan Termiz tumanidagi 1-2-3- hamda 10-sonli umumtaʼlim maktablarning 5-11-sinf o‘quvchilari uchun interaktiv ochiq darslar o‘tilib, o‘tilgan dars mashg‘uloti bo‘yicha savol-javoblar tashkil etildi.
Darslar orqali puldan foydalanish, qanday sarflash, qanday yo‘naltirish borasida qiziqarli tavsiya va maslahatlar berildi. O‘quvchi-yoshlarning iqtisodiy va bank sohasiga oid bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda eng faol va tashabbuskor o‘quvchilarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun