“Telefonsiz o‘quvchi”

Date:

Qachonlardir hamma ham qo‘l telefoni ishlatmasdi. Bugungi kunda esa yosh bolaning qo‘lida ham telefon. Ayniqsa, telefonsiz yoshni uchratish amri mahol bo‘lib qoldi. Hayotimizga shu qadar kirib borib, vaqtimiz va umrimizni o‘g‘irlayotgan telefonlardan uzoqlashish uchun turli tadbirlar, aksiyalar, loyihalar o‘tkazib kelmoqdamiz. Zora, bu harakatlar natija berib, yoshlarni bu vositadan uzoqlashtira olsak…
Termiz shahridagi 13-umumta’lim maktabida “Telefonsiz o‘quvchi” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har chorak yakunida ushbu loyiha g‘oliblari maktab ma’muriyati tomonidan rag‘batlantirib boriladi. Loyihaning navbatdagi g‘olibasi maktabning 11-sinf o‘quvchisi Mehrangiz Ro‘ziyeva bo‘ldi. Ta’lim muassasasida tashkil etilgan tadbir davomida o‘quvchining onasiga minnatdorchilik bildirildi va munosib taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun