Xorijiy tillardan birini, hatto bir nechtasini o‘rganish har bir yosh uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib berayotir. Buning foydasini anglagan yoshlar fursatni boy bermasdan til o‘rganishga kirishgan. Albatta, bu borada maktablarning ham qisqa muddatlarda o‘z tajriba va til o‘rgatish yo‘li borki, bu yo‘l shubhasiz muvaffaqiyatga etlayotir. Natijalarga boqsak, erishilganlarni ko‘zni va ko‘ngilni quvontiradi.
Til o‘rganayotgan yoshlarni hamda til o‘rgatayotgan maktablarni aniqlash, munosib rag‘batlantirish maqsadida Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi bo‘lib o‘tmoqda. Termiz shahridagi 16-umumta’lim maktabida tanlovning Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 15 ta maktab jamoasi tarkibida 75 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Ishtirokchilar belgilangan tartibda xorijiy tillar bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Jarayonlar yakunlanganidan so‘ng, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida o‘quvchilarning ishlari onlayn tarzda yoritib borildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Termiz tumanidagi 12-IDUM 3-, Termiz shahridagi 3-umumta’lim maktabi 2-, Denov tumanidagi 74-umumta’lim maktabi esa 1-o‘ringa munosib ko‘rildi va g‘oliblar diplom hamda vaucherlar bilan taqdirlandi. Ha aytgancha, 1-o‘rin uchun 250, 2-o‘rin uchun 200, 3-o‘rin uchun esa 150 million so‘m miqdorida pul mukofoti ajratildi.
G‘olibga 250 million so‘m
Date: