Malaka sinovidan o‘tdi

Date:

Ertangi kun egalari bo‘lgan yosh avlodning, yaxshi ta’lim olib voyaga yetishida, kelajak uchun yo‘l tanlash va u tomon qadam bosishida maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘z o‘rni va ahamiyati bor. Mamlakatimizda maktab va maktabgacha ta’lim sohasi davlat siyosati darajasida ekanligi ham hech kimga sir emas, albatta.
Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 572-son qaroriga muvofiq, joriy yilning aprel-may oylarida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarining pedagoglari malaka test sinovlaridan o‘tkazilishi belgilangan.
Joriy yilning 1-yanvar sanasidan boshlab ushbu tizim orqali o‘qituvchilariga toifa berish jarayoni bevosita Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda. Mazkur test jarayonlarining odilona va shaffof tarzda o’tishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlardan jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida viloyatimizdagi ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist, bloger hamda jamoatchilik faollari ishtirokida press-tur tashkil etildi.

N.Musayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun