Zararkunandalarga qarshi…

Date:

Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi sohasi rivojlangan hudud hisoblanadi. Viloyat ahlining asosiy mashg‘uloti yo dehqonchilik, yo chorvachilik. Shu sababdan ham yer bilan tillashishga, mavsumning injiqliklariga chidashga va kerakli profilaktika tadbirlarini amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Bordi-yu, bundat tadbirlar amalga oshirilmas ekan, joriy yildagi hosildan umid qilmasa ham bo‘laveradi. Ushbu mavsumda katta xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan jihat zararli chigirtkalardir. Ularga qarshi kimyoviy kurashish ishlari bo‘yicha viloyatimizda maxsus taktik-o‘quv seminari o‘tkazildi.
E’tirof etish kerakki, joriy yilda Surxondaryo viloyati tumanlari hududlarida zararli chigirtkalar 107 ming 500 gektar maydonda tarqalishi va iqtisodiy zarar keltirishi mumkin. Ana shunday maydonlarning 102 ming 600 gektariga zararkunandalarga qarshi kimyoviy kurash tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Kimyoviy kurashish ishlarini samarali va uyushqoqlik bilan olib borish, yaylov o‘simliklari hamda qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar berishini oldini olish maqsadida viloyat tumanlari hududlarida 9 ta otryad shakillantirilib, kimyoviy qarshi kurash ishlariga 26 ta traktorlar shundan, 9 ta OVX-600 purkagichi, 10 ta VP-1 purkichli traktorlar, 9 ta UMO purkagichli ISUZU PIKAP avtomobillari, 50 ta motorli qo‘l purkagichlari va 7 ta suv tashuvchi texnikalar hamda kuzatuv nazorat ishlarini olib borish uchun 5 ta mototsikllar jalb etilgan.
Hozirgi kunda Surxondaryo viloyati Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati tomonidan zararli chigirtkalar 13 ming 940 gektar maydonda kuzatuv nazorat ishlari o‘tkazilib, zararli chigirtkalar 2 ming 291 gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 2 ming 30 gektar maydonda ularga qarshi kimyoviy kurash ishlari olib borildi. Qarshi kurashish ishlari xizmat mutaxassislari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun