“Xon atlas” haftaligiga start berildi

Date:

To‘y-hashamlarda bayramona, ishda rasmiy kiyinishga odatlanganmiz. Bu etiket tusini olgani ham haqiqat. Ammo, hech kim taqiqlamaydiki, ishda milliy matolarimizdan rasmiy uslubdagi liboslarni kiysak, to‘y-u tadbirlarda esa adras-u atlasga bayramona zeb bersak…
Ana shundagina milliylikka qaytish bilan birga, zamonaviylikni ham uyg‘unlashtirgan bo‘larmidik… bir kishining ana shunday tanlovi atrofdagilarning ham fikriga, tanloviga ta’sir etadi. Qarabsizki, milliylik, milliy liboslarimiz yana urfga kiradi, unutilmaydi. Yosh-yalanglar ham ana shu ruhiyat bilan o‘sib-ulg‘ayadi.
Denov tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan ayni maqsadda “Xon atlas” haftaligi doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Barcha tashkilot va idoralar xodimalar hafta davomida milliy liboslarda ishga kelib ketayotgani barchaning kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Birinchi kunda sanoqli xotin-qizlar atlas-adras ko‘ylakda ko‘rinish bergan bo‘lsa, kun osha ularning safi ortib bormoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun