“Yosh gvardiyachilar” sinfi soni ortmoqda

Date:

Bolalikdan orzu qilinadigan sohalar yo san’at, yo harbiy yo‘nalishda bo‘ladi. Egniga maxsus libosni kiyib, vatanga xizmat qilish orzusi bilan ulg‘ayadigan yoshlarni yanada ruhlantirish, munosib motivatsiya berish maqsadida maktablarda “Yosh gvardiyachilar” sinflari tashkil etilmoqda. Bunday sinf o‘quvchilari gvardiyachilar libosida yurishlari yanada qiziqishni oshirishga sabab bo‘layotgani sir emas. Termiz tumanidagi 1- hamda 3-sonli umumtaʼlim maktablarida ham “Yosh gvardiyachilar” harbiy vatanparvarlik sinflari tashkil etildi.
Ushbu sinflarning tantanali ochilish marosimida viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masʼullari, Milliy gvardiya va Qo‘riqlash boshqarmasi rahbariyati, mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda Milliy gvardiya viloyat bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida bosqichma-bosqich tashkil etilayotgan bu kabi sinflar yoshlarning harbiy hayotga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab borishlariga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun