Informatika yo‘nalishi bo‘yicha…

Date:

Har bir fan muhim va ta’lim-tarbiya olayotgan yoshlarning hayot maktabida anglash uchun ilk qadamdir. Matematika hisob-kitobni o‘rgatsa, fizikada hayot qonuniyatlarini anglaysiz. Adabiyot, musiqa san’atga, kitobga oshno etsa, ona tili nutqingizni sayqallaydi. Xullas har bir fan kerak va har bir fan zaruratdir. Shu jumladan, informatika ham. Informatikasiz, u beradigan bilimlarsiz kompyuter bilan ishlay olmaymiz. Bu kelajakdagi faoliyatimiz uchun ham kerak. Shu sababdan ham boshlang‘ich bilimlarni egallash shart.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablarining 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida informatika yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan fan olimpiadasi ayni maqsadlarga xizmat qiladi. Shu sababdan ham Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida mazkur olimpiadaning shahar va tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.
Angor, Bandixon, Qiziriq va Sherobod tumanlarida davom etayotgan olimpiadada 5-8-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdi. Tanlovning adolatli va shaffof tarzda o‘tkazish choralari ko‘rilganini alohida ta’kidlash lozim. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov hududlarda bo‘lib, olimpiada jarayonlarida bevosita ishtirok etdi. Olimpiada yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mini futboldan shaxmatgacha…

Joriy yilning 7-aprel kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida...

Tanishuv ko‘ngildagidek kechdi

Boysun tumanida “Boysun bahori” turizm majmuasida bo‘lib o‘tadigan bayram...

Loyihalar ijrosi muhokama qilindi

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanining "Karvon" mahallasida bo‘lib,...

Tizimda yangi turtki

Angor tumanida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash...
KunTun
KunTun