Paralimpiya musobaqasi: mahoratlar sinovdan o‘tdi

Date:

Sport insonga kuch beradi. Kuchi va jismoniy imkoniyatlariga munosib baho berishga o‘rgatadi. O‘ziga bo‘lgan ishonchini ham oshiradi. Jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlarning-da sport bilan shug‘ullanayotganida ham ayni shu maqsad mujassam. Surxondaryo viloyati prokuraturasi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilayotgan paralimpiyada sport turlari bo‘yicha musobaqaning Boysun tuman bosqichida ham o‘ziga nisbatan ishonchi baland yoshlar ishtirok etdi.
Musobaqa davomida paralimpiya dasturlariga kiritilgan sport turlari bo‘yicha shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatga olindi. Para stol tennisi bo‘yicha mahoratlar sinovdan o‘tgan bo‘lsa, aravachada tennis ham tomoshabinlarni e’tiborsiz qoldirmadi. Para yengil atletika sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan sinovlar esa ishtirokchilarni chaqqonlikka chorladi. Para velosport esa ishtirokchilarni marraga birinchi yetishga undagan bo‘lsa, boshqa tomondan zavq-shavq bag‘ishladi. Para shaxmatda esa aqllar charxlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun