Qayta ishlashdan olingan yogʻlar import qilinadi

Date:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Moyli urugʻlarni qayta ishlovchi korxonalarning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaror qabul qildi. Unga muvofiq, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, oʻzlari import qilgan oʻsimlik yogʻlari hamda moyli ekinlar (paxta, kungaboqar va soya) urugʻlarini qayta ishlashdan olingan oʻsimlik yogʻlarini belgilangan miqdorlarda eksport qilishga ruxsat beriladi.
Kungaboqar va paxta yogʻi (TIF TH kodi 1512) hamda aralash yogʻlardan (TIF TH kodi 1517 90 910 0) tashqari boshqa oʻsimlik va meva urugʻlari yogʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish (eksport qilish) boʻyicha cheklovlar bekor qilinadi. Mazkur qarorga asosan eksport qilinishi mumkin boʻlgan oʻsimlik yogʻi hajmini aniqlashda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan 2024-yil 1-yanvardan boshlab import qilingan moyli ekinlar urugʻlari va oʻsimlik yogʻlari hajmlari inobatga olinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh olimlar qoʻllab-quvvatlovda

Prezident farmoniga ko‘ra, ilmiy daraja olish tizimi yanada soddalashtiriladi...

“Afrosiyob”da xavfsiz muhit yaratildi

Sariosiyo tumanidagi "Afrosiyob" mahallasida yangi zamonaviy mahalla binosi foydalanishga...

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

Termiz shahri va Belarusning Polosk shahri o‘rtasida hamkorlikni yanada...

Bandixonda erkin iqtisodiy zona barpo etiladi

Bandixon tumanida barpo etilayotgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining filiali...
KunTun
KunTun