Favqulodda holatda…

Date:

Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida favqulodda vaziyatlarda, xususan yong‘in sodir bo‘lganda chalinadigan qo‘ng‘iroq chalindi. Kutilmagan holatda o‘quvchilar zudlik bilan maktab hovlisiga chiqdilar. Yong‘inni bartaraf qiluvchi texnika va vositalar orqali yong‘in bartaraf etildi va jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatildi.
Bir qarashda bu jiddiy holatdek tuyiladi va har bir insonni sarosimaga solib qo‘yishi, qayerga va qanday harakatlanish kerakligini bilmay qolishga sabab bo‘lishi hech gap emas. Afsuski, tan olish kerakki, mana shunday holatlar sodir bo‘lish ehtimoli mavjud. Ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazilgan ushbu uyushtirilgan holatdan ko‘zlangan maqsad esa yoshlarni sarosimaga solib qo‘ymay, qanday harakat qilishlari va o‘zlarini qanday tutishlari lozimligini o‘rgatib qo‘yish edi.
Tashkil etilgan ko‘rgazmali mashg‘ulotda yong‘inni bartaraf qiluvchi texnika va vositalardan to‘g‘ri foydalanish hamda ularni ishlatish ko‘rsatib berildi. Tadbirda tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan maxsus texnika va vositalar namoyish qilinib, ko‘rgazmali chiqishlar amalga oshirildi hamda o‘quvchilarning sohaga oid qiziqqan savollariga javob berildi.
Shundan so‘ng, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi jamoasi yaqindan hamkorligi uchun maktab ma’muriyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun