“Open budjet” hisobidan…

Date:

“Open budjet” oxiriga yetmasdan yotgan ko‘plab loyihalarning yakunlanishiga, aholiga, ayniqsa, yoshlarga keng imkoniyatlar, munosib shart-sharoitlar yaratilishiga xizmat qilyapti. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakultetida ham xuddi shunday ishlarning davomi sifatida “open byudjet” loyihasidan yutib olingan Yoshlar markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimga Sariosiyo tumani hokimi A.Donayev, institut rektori, professor-o‘qituvchilar, talabalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar yoshlarni ushbu zamonaviy binoning ochilishi bilan tabriklab, binoning kelajakda institut va mahalla yoshlarining ma’naviyat sektori o‘chog‘i bo‘lishini ta’kidlab o‘tishdi.
Yangi qurilgan Yoshlar markazi chin ma’noda yoshlarni birlashtiradigan, ularning iste’dodlarini ro‘yobga chiqaradigan maskan bo‘lishi aniq.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun