“Baynalminal”da “WORKAUT” maydonchasi quriladi

Date:

Inson salomatligi uchun avvalo sog‘lom turmush tarzini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun doimiy uzluksiz ravishda bajariladigan jismoniy harakat kishi sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, organizmda modda almashinuvi yaxshilanadi, yurak chiniqadi va yanada chidamli bo‘ladi. Shu sababli faol jismoniy harakat qiluvchi kishilar doim tetik, ruhan yengil, baquvvat, kayfiyati yuqori, bo‘ladi.
Shuningdek, uxlashdan oldin va keyin muntazam ravishda ochiq havoda sayr qilish organizmning immun tizimini kuchaytiradi. Agar har kuni kamida 25-30 daqiqa yugurib, turli mashqlarni bajarsak, o‘zimizdagi ijobiy o‘zgarishlarni tezda payqaymiz. Jumladan, yurak-qon-tomir funksiyasi faollashgani, nafas olishimiz yaxshilangani, suyaklarimiz mustahkamlanib, muskullarimiz yanada kuchli bo‘lgani yaqqol seziladi.
Shunday ekan, yoshlarni sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida har bir mahallalarda mini stadionlar tashkil qilingan. Jumladan, Termiz shahar prokurori, 2-sektor rahbari X.Mamatqulovning tashabbusi bilan 2-sektor hududidagi “Baynalminal” mahallasi yoshlari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, sport bilan shug‘ullanishlari va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida mahalla hududida “WORKAUT” sport maydonchasi qurib berilmoqda.

Dinara Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun