Muzaffarbek Toʻraboyev “Katta Dubulg‘a” turniri g‘olibi

Date:

Surxondaryolik yigitlar alp bo‘ladi, maydonga tushsa, kimligini ko‘rsatmay qo‘ymaydi. Raqibini yer tishlatmay, yuragidagi hovur bosilmaydi. Ha, Surxondaryoda Alpomishdek mard va tanti o‘g‘lonlar, Barchindek otashqalb qizlar ulg‘aymoqdaki, polvonlik ularning qonida, jonida bor. So‘zlarimizni esa nufuzli kurash musobaqalarida, xalqaro turnirlarda maydonga tushgan polvonlarimiz o‘z kurashlari misolida isbotlab turibdi.
Albatta, so‘z isboti bilan bo‘lgani yaxshi, ayni kunlarda Toshkentda dzyudo bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirda dunyoning 50 ga yaqin mamlakatidan tashrif buyurgan sportchilar bir tomon bo‘lgan bo‘lsa, surxon o‘g‘lonlari bir tomon bo‘ldi. Polvonlar chempionlik uchun kurashishdi. Bor kuch va mahoratlar ishga solingan turnirda jang murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.
Maydonga tushgan 50 mamlakatdan kelgan polvonlarning bari nomdor, bari kuchli va yengilmas. Ular ichidan nom qozonish esa osonmas, chin qahramonlikdir. Shunga qaramay, musobaqaning ikkinchi kunida ham sportchilarimiz bo‘sh kelmadi, muvaffaqiyatli kurashdilar. -100 kilogramm vazn toifasida kurashchimiz Muzaffarbek Toʻraboyev barcha raqiblari kuragini yerga tekkizib, polvon qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ydi. Bu bilan u milliy terma jamoamiz hisobiga ikkinchi oltin medalni-da qo‘shib qo‘ydi. Yosh champion bu g‘alabasi bilan jahon va “Parij-2024” Olimpiadasi reytingi uchun zarur bo‘lgan 1 000 ochkoni o‘z hisobiga yozdirdi.
Barakalla, Muzaffar, haqiqiy er yigit, polvon ana shunday bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh olimlar qoʻllab-quvvatlovda

Prezident farmoniga ko‘ra, ilmiy daraja olish tizimi yanada soddalashtiriladi...

“Afrosiyob”da xavfsiz muhit yaratildi

Sariosiyo tumanidagi "Afrosiyob" mahallasida yangi zamonaviy mahalla binosi foydalanishga...

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

Termiz shahri va Belarusning Polosk shahri o‘rtasida hamkorlikni yanada...

Bandixonda erkin iqtisodiy zona barpo etiladi

Bandixon tumanida barpo etilayotgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining filiali...
KunTun
KunTun