Gandbol bo‘yicha…

Date:

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptiradi.
Sport bilan muntazam shug‘ullanishning ahamiyatli jihati, turli kasalliklarni hamda yoshlar o‘rtasida zararli odatlarning oldini oladi. Sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda ham muhim o‘rin tutadi. Bu sohada erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi.
Mamlakatimizda yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Shahar va qishloqlarda zamonaviy sport komplekslari bunyod etildi. Iste’dodli bolalarni tanlash va professional sportchilarni tayyorlash bo‘yicha uzluksiz tizim yaratildi.
Buning natijasida mamlakatimiz sportchilari jahonning nufuzli musobaqalarida yuksak g‘alabalarni qo‘lga kiritib, xalqimiz salohiyatini butun dunyoga namoyon qilmoqda. Jumladan, Termiz tumanida yoshlarning sportga keng jalb qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Ana shunday sport tadbirlardan biri Termiz tumanidagi 3-sonli umumtaʼlim maktabida gandbol sport turi bo‘yicha 14-15 yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida tuman birinchiligi o‘tkazildi.
Mazkur musobaqada tumandagi taʼlim muassasalarining yuzga yaqin o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. Qiziqarli kechgan musobaqa natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Termiz tumanidagi sport maktabi jamoasi qo‘lga kiritib, viloyat bosiqichiga yo‘llanmaga ega bo‘lishdi.

Dinara Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun