Chiqindi xomashyo sifatida

Date:

Atrof-muhitning tozaligi inson salomatligi uchun katta ahamiyatga ega. Ko‘chalarda to‘zib yotgan chiqindilarga nazar solsak, hattoki yegulik, oziq-ovqatdan toki nongacha tashlanganini ko‘ramiz. Agarda xonadonimizdan chiqayotgan chiqindini saralab chiqarilsa, chiqindi hajmi kamayib, atrof-muhitimiz ifloslanishining oldi olinardi. Buning uchun biz kattalar farzandlarimizga o‘rnak bo‘lib, ularni to‘g‘ri tarbiyalashimiz kerak.
Chiqindilarni noto‘gʻri boshqarish tabiiy resurslarning o‘zgarishiga, tabiatning kutilmagan o‘zgarishlariga sabab bo‘lmoqda. Dunyo boʻylab atrof-muhit muhofazasiga boʻlgan talab tobora kuchayib borayotganligi bois, sanoat chiqindilarini utilizatsiya qilish muammosi dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Chiqindilardan xomashyo sifatida foydalanish, ushbu muammoni hal qilishning samarali usullaridan biridir. Ularni qayta ishlash ham atrof-muhitga, ham iqtisodiyotga samara beradi.
Ishlab chiqarish chiqindilarining salbiy taʼsiri hamda kompensatsiya toʻlovlarini kamaytirish maqsadida “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqarma va korxonalar tomonidan oʻtgan yili shartnomalar asosida 9514,18 tonna sanoat chiqindilari 14 599 million soʻmga foydalanishga topshirilgan.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun