“VATANGA SODIQ YOSHLAR”

Date:

Askarlarning saf tortib ketishlari, safda qo‘shiq kuylashlarini kuzatish har bir yosh uchun maroqli. Shu onning o‘zidayoq, shu askarlardan biri bo‘lib qolishni istashlari aniq. Xizmat itlarining-da, xizmatga kirishishi, buyruqlarni bajarishi zavqli mashg‘ulot. Bularning bari har bir bolani harbiylikka qiziqitiribgina qolmay, vatanparvarlikka, elu xalqning xizmatiga kamarbasta bo‘lishga chorlaydi. Yoshlarni ana shunday ruhda ulg‘aytirish maqsadida “Vatanga sodiq yoshlar” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida jam bo‘lishgan yoshlarimiz Termiz tumanida joylashgan harbiy qismda tantanali kutib olindi.


Davlat xavfsizlik xizmati hamda Surxondaryo viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda uyushmagan yoshlar qamrab olindi. Tadbirlar davomida harbiylar hayoti bilan yaqindan tanishildi. Ayniqsa, harbiy chiqishlar, qurol-yarog‘lar namoyishlari, kinologlar va sport mashg‘ulotlari barchada katta taassurotlar qoldirdi.


Darhaqiqat, jasoratli va qatʼiyatli inson hamisha oʻz oldiga qoʻygan maqsadiga erishadi. Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tashkil etilgan “Vatanga sodiq yoshlar” harbiy vatanparvarlik kursi surxondaryolik mard va jasur yoshlarni bir maqsad yoʻlida birlashtira oldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun