Yoshlar uyli bo‘ldi

Date:

Ota-ona birinchi navbatda farzandini ulg‘ayirish, oq yuvib, oq tarash, munosib ta’lim-tarbiya olishi bilan birga uyli-joyli qilish haqida o‘ylaydi. Farzand ana shunday g‘amxo‘rlik ostida ulg‘ayadi. Ammo, hamma bola ham bunday g‘amxo‘rlik bilan ulg‘aymaydi. Kimdir ota-ona mehridan mahrum. Ana shunday holatlarda davlat bolaning yolg‘izligini bildirmaydi, boshini silaydi, qo‘llab-quvvatlaydi, kerakli yordamni ko‘rsatadi. Biloljon Avazmurodov va Abdug‘affor Latipov ham o‘zilariga ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan minnatdor.
Ularga prezidentimizning “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarori ijrosi doirasida Sariosiyo tumanidagi ko‘p qavatli xonadonlardan uy topshirildi. Topshirilgan uylar zamonaviy ta’mirlangan, shinam va yashash uchun tayyor holatda. Eng asosiysi, uy-joyga ega bo‘lgan yoshlar orzu-umidlar va ulkan niyatlar bilan o‘z uylarida ega bo‘lishdi.
–Bugun hayotimda bir umr yodimdan chiqmaydigan quvonchli voqea bo‘ldi, – deydi yoshlardan biri. — Shodligimning cheki yo‘q. Vatanimga, prezidentimizga bo‘lgan ishonchim, muhabbatim yanada oshdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnat va tashabbus samarasi

Yurtimizda aholini tadbirkorlikka jalb etish, tomorqa va kichik yer...

Qiymati 9 milliard…

Yurtimizda hududlar infratuzilmasini rivojlantirish, aholiga qulay va xavfsiz sharoitlar...

 “Surxon”ga g‘alaba yor

O‘zbekiston Superligasida har bir tur jamoalar uchun muhim sinov...

Finalga kim chiqadi?

Yosh avlodni har tomonlama rivojlantirish, ularning iste’dodi va jamoaviylik...
KunTun
KunTun