Monomarkaz imkoniyatlar eshigini ochdi

Date:

Bugun bandlik nafaqat ishsizni, balki mas’ullarni ham o‘ylantiradigan, hal etish lozim bo‘lgan davlat ahamiyatidagi muhim masaladir. To‘g‘ri-da, bir ishni boshini tutish uchun insonning qo‘lida kasbu hunari bo‘lishi kerak. Yo‘q bo‘lsa, o‘rganish, shogird tushishning o‘zi bo‘lmaydi, oylik to‘lovlari ham o‘rganishni, orzu va maqsadlarni paysalga solishi aniq. Surxondaryo viloyat hokimining tashabbusi bilan Jarqo‘rg‘on maishiy kasb-hunar kolleji negizida monomarkaz tashkil etildiki, bu ishsiz yoshlar uchun imkoniyatlar eshigini ochgandek bo‘ldi.
Quvonarlisi, monomarkazda tikish-bichish, ayollar va erkaklar sartaroshligi deysizmi, kosmetologiya, chilangarlik va santexnika kurslari ham faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ishsizman, kasb-hunar egallayman degan ishtiyoqi baland yoshlar qatnashni boshladi. Qolaversa, markazda oshpazlik sirlari ham o‘rgatilib, har bir o‘quvchi taom pishirishga usta bo‘lib yetishishi aniq. Bu hali hammasi emas, markazda ingliz, koreys va yapon tillari bo‘yicha ham malakali va mahoratli mutaxassislar jalb etilgan bo‘lib, til kurslarida til o‘rgangan yoshlar xorijga chiqib ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishlari ham katta qulaylikdir.
Ushbu kurslarga qatnay boshlagan yoshlar qisqa muddatlarda o‘z yo‘nalishlarini puxta o‘rganib, mustaqil hayotga qadam tashlayotganlari, tadbirkorligini boshlayotganliklari quvonarli. Kosmetologiya mutaxassisligi bo‘yicha ham 10 nafar qiz Mahbuba Ro‘ziyeva ustozligida hunar o‘rganishdi va sertifikatga ega bo‘lishdi. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu monomarkaz jarqo‘rg‘onlik yoshlar hayotida tub burilish yasab, hunar o‘rganish orqali o‘zlarini jamiyatga, oilasiga kerakli insondek his etishlariga, daromad manbaiga ega bo‘lishlariga yordam berayapti.

Zafar Mirzayev,
Jarqo‘rg‘on tumanidagi 48-maktab o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Turizm ko‘chasi” qurilishiga start berildi

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini kompleks rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifatini...

Mehnat qadrlansa, yurak quvnaydi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi 2-son politexnikumida tashkil etilgan tadbirda 11 nafar...

“Kashta tikdim, ipaklari tillodan”

O‘zbek xalqining bebaho madaniy merosi — kashtachilik san’atini targ‘ib...

Raqobat kuchli, ishtirok muvaffaqiyatli

Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining iqtidorli oʻquvchisi Shamshodbek Qurbonov xalqaro...
KunTun
KunTun