Har mahalladan 2 nafar dasturchi…

Date:

Dunyoda IT sohasi shu darajada rivojlanib ketyaptiki, biror tashkilotga ishga kirmoqchi bo‘lsangiz ham hech bo‘lmaganda kompyuterni bilishingiz kerak bo‘ladi. Bu sohani yaxshi bilganlar uchun ish topish ham muammo bo‘lmaydi. Hozirgi zamon talabi ham shunday, hozirda yoshlarimizning aksariyatida IT sohasida o‘qish istagi yuqori. Ularning iqtidori, salohiyatini yuzaga chiqarish, kasb-hunar o‘rganib, kelajakda o‘z o‘rnini egallashlari uchun yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilayotir.
Jumladan, “O‘zbekiston-2030” strategiyasining “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvatlash” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida PF-37-sonli qaroriga muvofiq, 2024-yil, 1-martdan boshlab, “Har bir mahalladan 2 nafar dasturchi dasturi joriy etiladi” va ushbu dastur doirasida mahallalarda yoshlar yetakchilari tomonidan axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasiga qiziquvchi yoshlar anqlanib, ularni ingliz va boshqa xorijiy tillarga o‘qitish hamda sertifikatlar olishi tashkil etiladi.
Yoshlarni IT sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga yo‘naltirish va ishga joylashtirishga ko‘maklashish choralari ko‘riladi.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Para kanoechilarimiz Osiyoda tengsiz bo‘ldi

Qozog‘istonning Turkiston shahrida para kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan...

Yangi qo‘mondonlik tashkil etildi

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan yangi farmon mamlakat harbiy aviatsiyasi...

G‘alaba sari dadil qadam

Sohil kurashi bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan...

Fedin taqdiri va ekologik meros masalasi jamoatchilik e’tiborida

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Oqtepa” suv ombori yaqinida barpo etilgan noyob...
KunTun
KunTun